Barakalla singlim
Singlim Qodirqulova Madina 6-sinfda o‘qiydi. U 2014-yil “Kamalak yulduzlari” festivalining tuman bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2015-yil diplom olib, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.
Madina yaqinda “Bolalar qo‘shiqlari, she’rlar va hisob she’rlari”ni yaratish bo‘yicha Respublika ijodiy tanlovining tuman bosqichida “Eng yaxshi yangi she’r” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Shundan so‘ng viloyatimizning “Navoiy yoshlari” gazetasidan jurnalist Sanjar Qurbonov maktabimiz yutuqlari bilan yaqindan tanishib ketdi.
Madinaning bo‘sh vaqti yo‘q. She’r, hikoyalar yozadi. Yaroqsiz buyumlardan ko‘zni quvnatadigan chiroyli uy anjomlari yasaydi. U ta’til davomida kelgusi yilgi festival va tanlovlar uchun tayyorgarlik ko‘rdi.
Barakalla, singlim! Men senga Respublika bosqichi ishtirokchisi bo‘lib, yangidan-yangi yutuqlarga erishishingda omad tilayman!
Dadaxon QODIRQULOV,
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
49-maktab 8-sinf