Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buyuklar ustozlar haqida

Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini ham oʻrgating.

M. Behbudiy

* * *

Oʻz shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uygʻota bilgan muallim sharaflarga loyiq.

E. Xabbart

* * *

Har qanday taʼlim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir.

A. Disterverg

* * *

Oʻqituvchining butun faxri oʻquvchilarida, oʻzi sochgan urugʻlarning oʻsishidadir.

 

* * *

Ilmda kuchli boʻlgan, uni yaxshi egallagan va unga ixlos qoʻygan oʻqituvchigina jami oʻquvchilarga samarali taʼsir koʻrsata olishi mumkin. D. I. Mendeleyev

 

* * *

Oʻqituvchi eng masʼul vazifani ado etadi – u insonni shakllantiradi.

M. I. Kalinin

* * *

Yaxshi oʻqituvchilar yaxshi shoirlarni yetishtiradi.

M. V. Ostrogradskiy

* * *

Oʻqish – tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi xolos.

V. A. Suxomlinskiy

* * *

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri – oʻquvchiga hurmatda.

R. Emerson

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.