Diqqat tanlov yakunlandi! Tanishing – g‘oliblar
2016-yili jurnalimizda “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan “Sog‘lom bola – boy bola” tanlovi e’lon qilinganidan xabardorsiz. Tanlov shartlarini to‘la anglab yetgan o‘quvchilar she’r, hikoya, maqola, lavha, fotosuratlar va rasmlar orqali chinakam sog‘lom bola qanday bo‘lishi, nima uchun sog‘lom bola boy bo‘lishini badiiy tasvirlar, aniq fikrlar orqali ifodalashga harakat qilishgan. Biz bu maktublarning eng saralari bilan yil davomida sizni tanishtirib bordik. Bizga qolsa, bu ijodkorlarning har birini g‘olib, deb atagan bo‘lardik. Biroq tanlov bu tanlov-da, uning o‘z shartlari bor. Ana shu me’yorlar asosida hay’at a’zolari quyidagi o‘quvchilarni tanlov g‘olibi, deb topishdi.
Publisistika yo‘nalishida
1-o‘rin
Gulasal SAIDOVA – Angren shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi qoshidagi “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagi a’zosi. Jurnalning fevral sonidagi “Momomning hikmatlari” lavhasi uchun.
2-o‘rin
Javohir AZIZOV–Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 59-maktab o‘quvchisi. Iyun sonidagi “Sog‘lom bolaning ikki qanoti” maqolasi uchun.
3-o‘rin
Xondamir ABDURASULOV–Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 22-maktab o‘quvchisi. Sentabr sonidagi “Beqasam to‘nli bokschi” maqolasi uchun.
Adabiy yo‘nalish bo‘yicha
1-o‘rin
Laylo ESONMURODOVA – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 5-maktabning 8-sinf o‘quvchisi. Oktabr sonidagi “Alpomishning vorisi” nomli she’ri uchun.
2-o‘rin
Marjona MO‘YDINOVA – Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-maktab 8-sinf o‘quvchisi. Noyabr sonidagi “Ravshanning “3”lari yo‘q” hikoyasi uchun.
3-o‘rin
Mahmud PARDABOYEV–Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 42-maktab o‘quvchisi. Aprel sonidagi “Tilak” she’ri uchun.
Eng yaxshi foto bo‘yicha
Ozoda TO‘LIBOYEVA – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 71-maktab 9-sinf o‘quvchisi tanlov mavzusidagi (suratlar sifati bosmaxona talabiga javob bermagani uchun jurnalda e’lon qilinmadi) suratlavhalar uchun.
Eng yaxshi rasm yo‘nalishida
Afsuski, bu yo‘nalishda 1-o‘rin talabiga javob beradigan rasmlar topilmadi.
2-o‘rin
Behzodbek SHERMATOV–Namangan viloyati Pop tumanidagi 60-maktab 9-sinf o‘quvchisi. Iyul sonidagi “Polvon bola” rasmi uchun.
3-o‘rin
Bokira Hasanova – Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 1-maktab 9-sinf o‘quvchisi. “Gulxan”ning 8-sonidagi “Salomatlik sari ilk qadam” rasmi uchun
Biz barcha g‘oliblarni bu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz. Ijodiy yutuqlar tilaymiz.
Eslatma: G‘oliblarning diplom va sovg‘alari joylarga aloqa bo‘limlari orqali yuboriladi.