Eng ilg‘or jangchi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ulg‘aygan Azamat Kenjayev bolaligidayoq askar bo‘lishni orzu qilgan ekan. Ana shu orzularda katta bo‘lgan Azamat sport bilan astoydil shug‘ullana boshlaydi. Avval maktabni, so‘ngra kollejni tamomlab, yigitlik burchini ado etish uchun muddatli harbiy xizmatga otlandi. Orzulari ushalib, askar bo‘ldi. U armiya safida harbiy xizmat burchini bajarish davomida, Mudofaa vazirligi tizimida o‘tkazilgan barcha musobaqalarda faol qatnashib, doim g‘oliblar safida bo‘ldi. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ulg‘aygan Azamat Kenjayev bolaligidayoq askar bo‘lishni orzu qilgan ekan. Ana shu orzularda katta bo‘lgan Azamat sport bilan astoydil shug‘ullana boshlaydi. Avval maktabni, so‘ngra kollejni tamomlab, yigitlik burchini ado etish uchun muddatli harbiy xizmatga otlandi. Orzulari ushalib, askar bo‘ldi. U armiya safida harbiy xizmat burchini bajarish davomida, Mudofaa vazirligi tizimida o‘tkazilgan barcha musobaqalarda faol qatnashib, doim g‘oliblar safida bo‘ldi. 2023-yil bahorida AQShda o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi – 2023” musobaqasida AQSh Milliy gvardiyasining maxsus bo‘linmalari harbiylari bilan kuch sinashib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu bilan u o‘zbek yoshlarining nimalarga qodirligini namoyon etdi. O‘zbek o‘g‘lonlari bundan keyin ham xalqaro miqyosda ilg‘orlik, mardlik va shijoat shohsupasining eng yuqori cho‘qqisini egallab turishiga ishonamiz. Chunki ular Alpomish, Amir Temur kabi yurt himoyasiga shay alplarning avlodi ekanligini yaxshi biladilar.
Gulxanjon