Suv parilari mavjudmi?
Deyarli barcha xalqlarning ertak va afsonalarida suv parilari – boshi va gavdasi ayolniki, oyoqlari o‘rniga baliqning dumi bo‘lgan sirli dengiz mavjudotlari haqida voqealarni kuzatish mumkin. Ularni sirenalar, tritonlar, undinalar, nayada va nimfalar deb ham atashadi. Nomi va kelib chiqishidan qat’iy nazar suv parisi yosh, uzun sochli va multfilmdagidek chiroyli bo‘lishi lozim edi.
Biroq dengiz qa’rida chindan ham yariminson-yarimbaliqlar mavjud bo‘lishi mumkinmi? Baxtimizgami yoki baxtga qarshimi, buning iloji yo‘q. Buning uchun suv parisi va delfinning tuzilishini solishtirish kifoya. Birinchisining faqat dumi bor. Delfinda esa suvda tez harakatlanishi uchun suzgichlari mavjud. Aks holda suvda muvozanatni saqlash, aylanish va to‘xtashning iloji bo‘lmaydi. Suv qatlami bosimiga dosh berish uchun zich tangachalar yoki hech bo‘lmaganda po‘st, shuningdek, issiqni saqlash uchun qalin yog‘ qatlami lozim. Nozik qiz na unisiga, na bunisiga ega. Suv parilari shuningdek, ultratovush yordamida muloqot qila olmaydilar, inson ovozini esa suvda farqlab bo‘lmaydi.
Agar suv parilari chindan ham mavjud bo‘lganida, ular hayvon singari oyoqlari o‘rniga dum, zich qalin teri, suzgichlar va nur sochuvchi ko‘zlarga ega bo‘lishardi.