Nomi xunuk dengiz
Iordaniya va Isroil chegarasida joylashgan O‘lik dengiz har yili ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Ushbu dengizda cho‘kishning iloji yo‘q. Savol tug‘iladi. Nega bo‘lmasa unga bunday qo‘rqinchli nom berilgan? O‘lik dengiz dunyodagi eng sho‘r dengiz hisoblanadi. Aslini olganda, u dengiz ham emas, balki juda katta tuzli ko‘ldir, shu sababli ajdodlarimiz yanglishib unga shunday nom berishgan. “Ko‘l”ga Iordan daryosi va bir nechta soylar borib quyiladi, biroq suv hech qayerga oqmaydi, balki havza chegarasida qoladi. U jazirama quyoshda asta-sekin bug‘lanadi, tuz bo‘lsa (har bir litr suvning 25 foizini tashkil etadi!) dengizda qoladi.
Minerallar – xlorli magniy va kalsiy xloridning yuqori konsentratsiyasi tufayli bu yerdagi suv “zich” va seryog‘. Cho‘kib ketishdan qo‘rqmasdan uning yuzasida bemalol yotish mumkin: tuz insonni suvdan tom ma’noda itarib chiqaradi.
Bunday tuzli muhitda, na suv o‘tlari va boshqa o‘simliklar, na baliq va mollyuskalar yashay olmaydi. Uning nomi ham aynan shundan kelib chiqqan.