Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!

Xalqimiz azaldan bunyodkor el. Jonajon O‘zbekistonimizning qay go‘shasiga bormang, bir-biridan chiroyli, ko‘rkam binolarga ko‘zingiz tushadi. Ularni ko‘rib quvonasiz, shodlikdan dilingizda beqiyos havas mavjlanadi. Siz ham tezroq katta bo‘lib bu kabi ulkan o‘zgarishlarga o‘z mehnatingiz bilan hissa qo‘shgingiz, Vatanimizga chin farzand ekanligingizni amalda ko‘rsatgingiz keladi.

Keling, mazkur sahifamizda sizga namoyish qilinayotgan obod manzillarimiz orqali yana bir bor hayratga tushaylik. Ulardagi ajib maftunkorlikdan zavq olaylik. Davlatimizning bunyodkorlik hamda yaratuvchanlik sohasida olib borayotgan ulkan qadamlarini qalbdan his qilaylik. Dilimiz cheksiz g‘urur va iftixorga to‘lsin.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.