Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” uchrashuvlari

Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida “Kitob ma’naviyatning ikki qanoti” deb nomlangan kitob marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi X. To‘xtaboyev, taniqli bolalar shoiri Dilshod Rajab, bolalarning sevimli “Gulxan” jurnali xodimlari M. Hamidova, I. Umarova, “O‘ratepa” mahallasi faollari ishtirok etib, yig‘ilganlarga kitob va kitobxonlik haqida, kitobning inson hayotidagi o‘rni, “Gulxan” jurnalida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Quvonarlisi, namoyishga qo‘yilgan badiiy kitoblar bolalar orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Ota-onalar esa farzandlariga kitoblar xarid qilishdi. “O‘ratepa” mahallasi raisi Muhiddin Ibragimov maktab kutubxonasiga badiiy asarlar jamlamasini taqdim qildi.

Shuningdek Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 214-maktabda, Yashnabod tumanidagi 30-maktabda, Olmazor tumanidagi 16-maktablarda “Gulxan” jurnali xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ham o‘quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuvlarda filologiya fanlari doktori Muxtor Xudoyqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘rayev, shoir, filologiya fanlari nomzodi Dilshod Rajab, jurnalimiz bosh muharriri Zahro Hasanovalar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib berishdi.

Yashnobod tumanidagi 170-maktabda o‘tkazilgan “Xotira aziz – qadr muqaddas” deb nomlangan tadbirda Mavjuda Ergashova rahbarligidagi maktab jamoasi xotirasi manguga muhrlangan xalqimizning taniqli yozuvchi va shoirlarining ijodidan namunalar aytib berishdi.

Gulxanjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.