“Gulxan” uchrashuvlari
Fevral oyi tahririyatimiz uchun uchrashuvlarga boy bo‘ldi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 12-maktab, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-maktab, Olmazor tumanidagi 326-maktab o‘quvchilari bilan “Kitob – ma’naviyat quyoshi”, “G‘azal mulkining sultoni”, “Kitob – ulug‘ qadriyat” mavzusida o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar inson hayotida kitobning o‘rni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodini yaxshi anglab kamolga yetayotganlarini namoyish qilishdi. Bu zukko bolalar “Gulxan” jurnalining chinakam muxlislari ekani bizni juda quvontirdi.
Toshkent viloyati o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan bo‘lgan uchrashuv esa chinakam “Gulxan”xonlikka aylanib ketdi. “Gulxan”sevar ustozlarning bildirgan fikr va takliflari jurnal haqida yangi ruknlar ochilishiga turtki bo‘ldi.