Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan”da xanda

–   Mana bu vitaminlarni ichib olsang, katta bola bo‘lasan, – dedi onasi besh yoshli o‘g‘liga.

–   Sizdan ham baland bo‘lamanmi? – dedi o‘g‘li.

–   Ha, vaqtida ichib yursang, balki mendan ham baland bo‘larsan, – dedi onasi.

–   O‘shanda mana bu baland javonning tepasidagi berkitib qo‘ygan shokoladlaringizni olishga ham bo‘yim yetadi, – dedi quvonib o‘g‘il.

* * *

 

To‘rt sinfdosh darsga kechikib kelishdi. O‘qituvchisi  birinchisidan so‘radi.

–   Nega darsga kech qolding?

–   Oyim kasal bo‘lib qoldilar, men ularga dorixonadan dori olib keldim.

–   Senchi? – so‘radi  o‘qituvchi ikkin­chisidan.

–   Uyimizdagi soat to‘xtab qolibdi.

–   A, sen nega kechga qolding?

–   Meni boshim og‘rib qoldi.

Shunda to‘rtinchi o‘quvchi baqirib yig‘lab yubordi.

–   Sen nega yig‘layapsan, – so‘radi o‘qituvchi.

–   Menga bahona qolmadi-ku!

* * *

 

O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi.

–   Nodirjon, shimol va janubni xaritadan ko‘rsatib ber-chi?

–   Ustoz, shimolni bilmayman-u, lekin janub doskani yonida. Har chiqqanimda isib ketaman.

* * *

–   Ayt-chi, Doniyor, uchga uch necha bo‘ladi?

–   Durrang bo‘ladi aka, – javob berdi Doniyor.

* * *

–  Sanjar,  umid qilamanki, bugungi yozma ishda sening aldayotganingni ko‘rmayman.

– Men ham ko‘rinmaslikka harakat qilaman, ustoz.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.