Karvon koʻp, rizqi boʻlak
Insoniyatning eng oliy axloqiy xislatlaridan biri – kamtarlikdir. Maqollarda kamtarlikka yuksak baho beriladi, kishi jamiyatda oʻzini kamtar tutishi, manmanlikka berilmasligi qayta-qayta uqtiriladi. “Kamtarlik – jasorat toji”, “Kamtarlik odamga husn beradi”, “Kamtarga kamol, manmanga – zavol”, “Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik yerga kiritar”, “Kamtar boʻlsang obroʻ ortar, manman boʻlsang ensa qotar”, “Oʻzing osmonda boʻlsang ham, oyogʻing yerda boʻlsin”, “Boshing osmonga yetsa ham, yerga qarab yur”.