Qiziqarli matematika
***
Bolalar har bir stolga beshtadan bo‘lib o‘tirishsa, bitta stol ortib qoladi. Agar har bir stolga uchtadan bo‘lib o‘tirishsa, uchta bolaga bitta stol yetmaydi. Bolalar va stollar sonini toping.
***
Pazandalik kasbiga tayyorlash kursida har sakkizta qizga bitta o‘gil bola to‘g‘ri keladi. Jami o‘quvchilar sakson bir nafar bo‘lsa, qizlar necha nafar?
***
Hozir soat olti. Qancha vaqtdan so‘ng daqiqa mili soat milini quvib yetadi?
To‘g‘ri javob yo‘llagan jurnalxonlarimizni kelgusi sonlarimizda e‘lon qilamiz. Shoshiling! Bizning bilimdon muxlisimiz siz bo‘lishingizni istaymiz.
Negmurod GULIYEV tayyorladi
Navoiy viloyati