Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sog‘lom bola – boy bola

Sog‘lom bola – boy bola,

O‘g‘il bola – toy bola.

Ota-onasi sevgan

Go‘yo toshqin soy bola.

 

Sog‘lom bola – boy bola,

Sportda g‘olib bola.

Yutuqlari birtalay,

Chin ilmi tolib bola.

 

Sog‘lom bola – boy bola,

Epchil va chaqqon bola,

Buvi, buvasi sevgan

Bo‘lajak polvon bola.

 

Munisa MURODOVA,

Buxoro shahar 3-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.