Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Sog‘lom ona va bola yili”

Sog‘lom ona go‘yoki quyosh,

Nurlaridir mehr kokili.

Qoyil qolar keksalar-u yosh –

“Sog‘lom ona va bola yili!”

 

Farzandlari sog‘ yurtdir baxtli,

Shod bo‘lmoqda barchaning dili.

Mard farzandlar bir so‘zli, ahdli –

“Sog‘lom ona va bola yili!” –

 

Yurtboshimdir xo‘p shijoatli,

Oqil insonlarning oqili.

Ushbu yilda siz bo‘ling baxtli,

“Sog‘lom ona va bola yili!”

 

Muniraxon ESONALIYEVA,

Farg‘ona viloyati, Quva tumani

9-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.