Xushxabar
Salom, sevimli jurnalimiz “Gulxan”!
Biz sening har bir soningni intizorlik bilan kutamiz. Sahifalaringdagi bir-biridan qiziqarli ertak, hikoyalarni maroq bilan o‘qiymiz. Tengdoshlarimiz ijodlari bilan tanishib, o‘zimizga yoqqan she’rlarni yod olamiz. Ba’zi iste’dodli sinfdoshlarimiz esa ulardan ruhlanib, ibrat olib she’r, hikoya yozishni, muxbirlikni ham boshlab yubordi. Hademay ilk xabar va lavhalarimizni tahririyatga yuboramiz.
O‘tgan o‘quv yilida butun sinfimiz bilan senga obuna bo‘lgan edik. Bu yil ham sinf rahbarimiz Boborahmat Muhammadiyev bilan boshqa sinflardagi tengdoshlarimizni ham “Gulxan”xonlikka chorlayapmiz. Maqsadimiz – ko‘chalarda, maktab yo‘laklarida jurnal ko‘targan o‘quvchilar safi ko‘paysin, hamma “Gulxan” yoniga saflansin, ma’rifat, ma’naviyat taftidan bahra olsin!
“Gulxan”ni juda yaxshi ko‘ramiz!
Hurmat bilan Samarqand viloyati
Nurobod tumani
56-maktabning 7-”A” sinf o‘quvchilari