Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 10-son

  • Ustozlar

    Siz bergan odob yashar,

    Ruhiyatda, tanda ham.

    Siz bizlarga o‘rnaksiz,

    Hayot degan fanda ham.

     

    Siz shu qadar fidoyi,

    Siz bunchalar jonkuyar.

    Shu tufayli, Ustoz, deb

    El ardoqlar, el suyar.

     

    O‘z kasbiga sodiqlik

    Hayotingiz shiori.

    Siz bor – kuchga to‘lgaydur

    Ko‘hna O‘zbek

    ...
  • Tilimizning jonli nafasi

    Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganiga 29 yil bo‘ldi. Yurtimiz katta taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. Xalqimizning yashash tarzi kun sari o‘zgarmoqda. Har kunimiz yangiliklarga boy, biroz bee’tibor bo‘lsak, hayotdan ortda qolib ketamiz. Ona tilimizning lug‘at kitobi yangi so‘zlar bilan boyimoqda. Dunyoning ko‘plab mintaqalari bilan bog‘lanayotgan xalqaro aloqalar bois

    ...
  • Mehnatdan baxt topib

    Ustozlik juda yuksak maqom. Unga erishish uchun juda ko‘p ter to‘kiladi, bor mahorati, bilimini hech ayamasdan, og‘rinmasdan shogirdiga o‘rgatadi. Odatda, biz ko‘proq mehribon o‘qituvchilarimizga shunday chiroyli kalom bilan murojaat qilamiz. Chunki, o‘qituvchi dunyoga hayrat bilan qarab, har bir voqelikdan mo‘jiza izlayotgan kichik insonni o‘z tafakkuri bilan ulg‘aytiradi. Hayratlarini oddiy

    ...
  • Eng yosh grossmeyter

    Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab yana bir xushxabar tarqaldi. Toshkentdagi 300-maktabning 7-sinf o‘quvchisi, Javohir Sindorov 12 yoshu 10 oylik bo‘lganida uchinchi bor xalqaro grossmeyster normasini bajardi. Bungacha u bir necha bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

    U birinchi xalqaro grossmeysterlik normasini 2018-yil iyun oyida

    ...
  • Men uddalay olaman

    Bo‘shashgan, tortinchoq, doim ikkilanadigan... Bu iboralarning qaysidir jihatlari sizga tanish tuyulib ketdi, to‘g‘rimi? Darsda doskaga chiqish uchun o‘qituvchi familiyasini o‘qishi bilan bilgan barcha narsalari bir lahzada yodidan ko‘tarilib ketadigan o‘quvchilar ham bor, sinfingizda. Uyatchan, jur’atsiz bolalarni tengdoshlari qo‘rqoq deb hisoblashadi. Aslida ham shundaymikin?

    ...
  • Baxmallik bilimdonlar

    Baxmaldagi 26-maktabga bormoqchi edim. Shu maktab o‘quvchilaridan juda ko‘p rasmlar keladi, – dedim g‘allaorollik faxriy o‘qituvchi Abdulla aka Saidovga.

    – Biologlar maktabigami, – jilmaydi Abdulla aka, keyin qo‘shib qo‘ydi, – maktab joylashgan Mullabuloq qishlog‘i tabiatning eng so‘lim go‘shalaridan. Bunday go‘zallikni ko‘rgach, rasm chizmaslikning iloji yo‘q. Bu

    ...
  • Oltin kuz

    Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,

    O‘lkamizga kuz fasli keldi.

    Ona yerning saxovatini

    Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.

     

    Kuzning qaynoq nafasi dastlab

    Dalalarda, bog‘da sezilar.

    Tolning sarg‘ish yaproqchalari

    Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

     

    Egilibdi anor shoxlari

    Ko‘tarolmay o‘z

    ...
  • Topqirjonning she’rlari

    “5” olaman

    Ahdim qat’iy, otajon,

    Men bir so‘zli bolaman.

    Shu misolni yechsangiz,

    Ertaga “besh” olaman.

     

    O‘g‘ri

    Samijonning magniti,

    Juda chaqqon o‘g‘ri-da.

    Buvimlarning ignasin

    Olganligi to‘g‘ri-da.

     

    Kasal baho

    Dadasi daftarga

    ...
  • Topishmoqlar

    Qadami yo‘q, yurt kezar,

    Qo‘li yo‘q bino buzar.

    Darg‘azab bo‘lib ketsa,

    Azobidan el bezor.

     

    Shalpangquloqdir o‘zi,

    Mushuknikidek izi.

    Yemishi sabzi, ko‘kat,

    Misoli bodom yuzi.

     

    Bilimlar sarchashmasi,

    Ilmlilar oshnasi.

    Qat-qat bo‘lib qoplangan

    Udir muxlis

    ...
  • Rasmimizni olyapti

    Suv olgani kelgandi

    Ariqchaga Dilnoza.

    Unda ko‘rinib aksi

    Der kulib: “Qanday toza!”

    So‘ng do‘stlarin chaqirib,

    Suvga xursand boqishar.

    Jilolanib ariqcha

    O‘rtoqlarni olqishlar.

    Tanbeh berar Dilnoza,

    – Xotiraga solyapti

    Kulib turing, chunki suv

    Rasmimizni olyapti.

     

    Dilorom

    ...
  • “Aybsizlar”

    Sinfda tez-tez bolalarning narsasi yo‘qoladigan bo‘ldi. Sinf rahbari Lola opa har bir o‘quvchisi ota-onalar bilan qayta-qayta suhbatlar, tarbiyaviy soatlar o‘tkazdi, biroq ahvol o‘sha-o‘sha. Bir kuni Lola opa o‘quvchilariga shunday dedi:

    – Men bir qarorga keldim. Kelasi hafta maktabga militsioner chaqirtiraman. U iskovuch iti va aybdorni ko‘rsatadigan asbobi bilan kelmoqchi.

    ...
  • Itolg‘i

    Shavkat otasi bilan tog‘li qishloqda yashaydigan tog‘asinikiga to‘yga bordi. Mahalla bolalariga qo‘shilib rosa chillak, quloqcho‘zma, bekinmachoq o‘ynadi. O‘yindan zerikkach, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan keng hovlini aylanib yurarkan, eski tandir yonidagi katakda bo‘ynini ichiga tortib, mudrab yotgan g‘alati qushga ko‘zi tushdi. Shavkat xuddi tilla topib olgandek, yuragi xapriqib

    ...
  • O‘smirlik – nihol demak

    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 13-sonli oilaviy poliklinika binosiga kirar ekanman, odam eng ko‘p to‘planib turgan eshik qarshisiga borib to‘xtadim. Eshikka “jarroh” deb yozib qo‘yilgan ekan. Shifokor qabuliga kirish uchun navbat kutayotganlarning aksariyati o‘smir bolalar edi. Birining qo‘li, ikkinchisining oyog‘i, yana boshqasining boshi bog‘langan. Ular qanday qilib bunday ahvolga

    ...
  • Ertaning bugungi aksi: fikrlang va ega bo‘ling

    Aytaylik, siz matematika faniga qiziqasiz. Turli formula-yu murakkab matematik masalalarga yechim topish sizni unchalik ham xavotirga solmaydi. Maktabda a’lochi, matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan turli tanlov va olimpiadalarda doimo yetakchisiz. Bir so‘z bilan aytganda, maktabingiz va ota-onangiz faxri, g‘ururisiz. Ammo...

    Ammo nima bo‘ldi-yu, maktabni bitirib

    ...
  • Ustozga ta’zim

    O‘g‘lim, qizim deya birdek suyasiz,

    Halovatdan bizni ustun qo‘yasiz.

    Ko‘nglingiz tongday oq, daryoyi azim,

    Jonkuyar ustozlar, sizga ming ta’zim.

     

    Birimiz yetakchi, yana safboshi,

    Kundalikni bezar a’lo baholar.

    Alifbodan boshlanar umr yo‘llari,

    Sizga asl shogird buyuk daholar.

     

    Gavharbegim

    ...
  • Xatosini tushundi

    Arz qildi yirtiq kitob:

    – Bo‘lib qoldim men betob.

    Asramas sira egam,

    Dars qilay, deb chekmas g‘am.

     

    Dardin to‘kib ruchkasi,

    Arz qilar chiqib sasi:

    – Siyohlarim to‘kilgan,

    Kuladi holim bilgan.

     

    Mardon tinglab suhbatni

    Xo‘p chuqur o‘yga toldi.

    Jildlab kitob-daftarin,

    Tartibli

    ...
  • Kuz saxovati

    Xazon yog‘ar sap-sariq,

    Yaproqqa to‘ldi ariq.

    Xurmo, behi pishibdi,

    Koptok kabi shishibdi.

     

    Polizda qovun-tarvuz,

    Hosillar faslidir kuz.

    Pishadi mevalar ham,

    Ularga quyosh hamdam.

     

    Dalada oppoq paxta,

    Egat boshida to‘xta.

    Kimo‘zarga teramiz,

    Yurtga “oltin”

    ...
  • Yaxshi bola

    Ko‘p bo‘lar uning do‘sti,

    Yo‘q bo‘lar kam-u ko‘sti.

    Gapirar odob saqlab,

    A’lochi nomin oqlab.

     

    Kitoblarga oshno u,

    Bilimga o‘ch, tashna u.

    “Ikki” baho olmas hech,

    Darsga sira qolmas kech.

     

    Shahrizoda SAIDULLAYEVA,

    Toshkent shahri Chilonzor tumani

    195-IDIM 8-sinf

  • Buvisining qizi

    Sochlari oppoq paxta,

    Meni, ko‘rar ko‘zim, der.

    Maqtab qilgan ishimni

    Dastyor – Zumrad qizim, der.

     

    Xazinalar sandig‘i,

    Ertak, hikmat bilgani.

    Ahd qilaman buvimga

    Munosib qiz bo‘lgani.

     

    Zulfizar BOTIROVA,

    Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

    17-maktab 5-sinf

  • Shirmoy non

    Qizil yuzli shirmoy non,

    Quvvat, vitaminga kon.

    Issiq, shirin, bo‘rsildoq,

    Unga shaydir dasturxon.

     

    To‘kmasdan ushog‘ini,

    Sevib avaylab yeymiz.

    Mazali, xushta’m deya,

    Novvoyga rahmat deymiz.

     

    Feruzabonu OMONOVA,

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani

    24-maktab

  • Qalam

    Hikoya-yu she’rlarni

    Ilhomlanib yozasan.

    Oq qog‘ozni qoralab,

    Lekin ko‘ngli tozasan.

     

    Guvohsan ko‘p narsaga,

    Shoir ko‘nglin bilarsan.

    Yurak to‘lsa to‘kish-chun

    Himoyaga kelarsan.

     

    Durdona ABDUQAHHOROVA,

    TDPU qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi

  • Manzara

    Kelib yonimga

    Sen ham bir qara,

    Quyosh botishi

    Ajib manzara.

     

    O‘ynashar shodon

    Tillarang nurlar.

    Erka daraxtlar

    Barglarin turlar.

     

    Olib mo‘yqalam

    Chizar birma-bir,

    Go‘zallik sirin

    Ochar musavvir.

     

    Adhambek MAQSUDOV,

    Qoraqalpog‘iston

    ...
  • Tashakkur

    Mehrli qo‘llari boshim silagan,

    Menga baxt tilagan, iqbol tilagan.

    Uyqusiz tunlarni tongga ulagan

    Sizga ming tashakkur, aziz ustozim!

     

    Ma’rifat-la yorug‘ siz yurgan yo‘llar,

    Zahmat yetkazolmas qirovlar, do‘llar.

    Buyuk bobolarning ruhlari qo‘llar,

    Sizga ming tashakkur, aziz ustozim!

     

    Dilnura

    ...
  • Kitob

    Kitob so‘ylar rostgo‘y ertaklar,

    “Meni o‘qing, bilim beraman...”

    Ilm cho‘qqisiga yetaklar,

    Qoyasidan durlar teraman.

     

    Oychechak QURBONTURDIYEVA,

    Buxoro tumani 10-maktab 4-sinf

  • Bir so‘z borki…

    Kuylar shamol sokin yalla

    Biram zavqli hikoyasi.

    Har bir ona aytgan alla

    Vatan madhi – xirgoyisi.

     

    Bu nom barcha so‘z a’losi,

    Kamdir bitsam nazm-u doston.

    Yo‘q o‘xshashi, yo‘q qiyosi,

    Bu so‘z erur – O‘ZBEKISTON!!!

     

    Arofatbonu MULLAJONOVA,

    Andijon viloyati Baliqchi

    ...
  • Shuningdek...(2018-yil 10-son)

    Shuningdek, sahifamizga Andijon viloyati Shahrixon tumani 22-maktab 7-sinf o‘quvchisi Matluba Kamoliddinova, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Mirodil Absalomov, Samarqand viloyati Nurobod tumani 18-maktab 11-sinf o‘quvchisi Sojida Ergasheva, Navoiy viloyati Xatirchi tumani 78-maktab 9-sinf

    ...
  • Asl boylik

    Sarvar maktabga ketar ekan, oyisi bergan pulni olgisi kelmadi.

    – Qo‘yavering oyijon, menda kechagidan qolgani bor, – dedi ko‘zlarini yashirib.

    – Kechagi arzimagan ikki ming so‘m edi-ku! Uydan yegulik olib ket, desam, uyalaman, deysan. Meni xijolat qilma, bolam.

    Sarvar noiloj oyisi bergan pulni oldi.

    Katta tanaffusda u maktab oshxonasiga tushdi. Bir qo‘lidagi

    ...
  • Birinchi o‘qituvchim...

    “Mehribon ustoz, bag‘rikeng inson, farishtamonand ayol...” Bu so‘zlarni tilga olganimda, ko‘z o‘ngimda birinchi ustozimning samimiy chehrasi gavdalanadi. O‘ylab ko‘rsam, birinchi o‘qituvchim haqida juda oz narsa bilar ekanman. Bilganlarim ham mana shu soddagina tavsif-u, unga nisbatan qalbimda yillar osha ulg‘aygan, o‘z shaklini, rangini o‘zgartirib borgan tuyg‘ular,

    ...
  • Xushxabar

    Salom, sevimli jurnalimiz “Gulxan”!

    Biz sening har bir soningni intizorlik bilan kutamiz. Sahifalaringdagi bir-biridan qiziqarli ertak, hikoyalarni maroq bilan o‘qiymiz. Tengdoshlarimiz ijodlari bilan tanishib, o‘zimizga yoqqan she’rlarni yod olamiz. Ba’zi iste’dodli sinfdoshlarimiz esa ulardan ruhlanib, ibrat olib she’r, hikoya yozishni, muxbirlikni ham boshlab yubordi. Hademay ilk

    ...
  • Adarko‘l sohillarida

    Respublikamizning Jizzax viloyati hududida joylashgan Aydarko‘l ko‘plab suv havzalaridan iborat bo‘lib, tabiati mo‘tadil. Bu yerda erta tongdan qushlarning shovqin-suroni jaranglaydi. Ayniqsa, saqoqushlar ovozi olis-olislarga sado beradi. Biz sohil bo‘ylab borarkanmiz, suv qushlari boshimiz uzra charx uradi. Qushlarning ko‘pligi va turli-tumanligi aqlni shoshiradi. Ko‘lda qorabuzov, oqbosh

    ...
  • O‘zimizning bolakay

    Mashhur insonlar avlodi bo‘lish oson emas, albatta. Buning o‘ziga yarasha mas’uliyati va yuki bor. Bekzod o‘zbek teatr va kino san’ati darg‘alaridan biri (“O‘tgan kunlar” filmidagi Hasanalini eslang) Hamidulla Narimonovning evarasi. O‘g‘lining bobosidek mashhur san’atkor bo‘lishini orzu qilgan Lola opa Bekzodni uch yoshida O‘zbek milliy akademik drama teatriga olib keldi. Taniqli rejissor,

    ...
  • Прочитай и найди правильный вариант

    Брошка на воротнике или в воротнике?

     

    Заплата на рукаве или в рукаве?

     

    Платок в кармане или нa кармане?

     

    Кошка на диване или в диване?

     

    Яблоко на ветке или в ветке?

     

    Птица в гнезде или не гнезде?

     

    Ягоды в корзине или нa корзине?

     

    Варежки в

    ...
  • Кроссворд

    000

    Глаголы

    Поливать
    Шить
    Лить
    Купать
    Рисовать
    Играть

  • Придумай свои варианты слов

  • Подбери общее слово-признак для двух, на первый взгляд, непохожих предметов

  • Hello my dears! Today we are going to introduce life and poems of English poet Roger McGough to you!!!

    Roger McGough is an English poet, performance poet, broadcaster, children’s author and playwright. He presents the BBC Radio 4 programme Poetre Please, as well as performing his own poetry. McGough was one of leading members of the Liverpool poets, a group of young poets influenced by Beat poetre and popular music and culture of 1960s Liverpool. He is an honorary fellow of

    ...
  • Mehr chashmasi

    Qadim zamonda bir mamlakat bo‘lgan ekan. U yurt juda obod, xalqi baxtiyor va shod ekan. Mamlakat podshosi juda zukko bo‘lib, saltanatini adolat bilan boshqarar, xalqiga, vazir-u ulamolariga nisbatan juda yaxshi muomalada bo‘larkan. Uning husnda tengi yo‘q Oyjamol degan qizi bo‘lib, afsuski, juda qo‘rs, buning ustiga bemehr ekan. U na boshqalar ulashgan mehrni qabul qilarkan, na boshqalarga

    ...
  • Omonat

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, unga yaxshi tarbiya, halol luqma berib voyaga yetkazishgan ekan. Kunlarning birida chol yaylovda qo‘ylarini boqib yurgan mahal oldiga besh suvoriy kelibdi. Qorinlari ochligini aytib bitta qo‘y so‘rashibdi. Buni eshitgan cho‘ponning o‘g‘li suvoriylarga:

    – Bu qo‘ylarning o‘z

    ...
  • “Gulxan” xabarlari

    Ona tili va adabiyot oyligida Respublikamiz maktablarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi badiiy adabiyotga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

    Jumladan, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 227-maktabda o‘tkazilgan “Zakovatli kitobxon” tanlovi ijodiy bahslarga boy bo‘ldi. Tanlovda 9–11-sinf

    ...
  • Ijodkor bolalar diqqatiga!

  • Muzlatkichda karam bo‘lsa

    Pirog

    Kerakli mahsulotlar: 3 stakan un, 1 stakan smetana, 1 stakan sut, yarim bosh karam, 50 gramm sariyog‘, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq mayonez, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich (razrixlitel), tuz, murch.

    Tayyorlanishi: karamni mayda to‘g‘rab tuz seping. Muzlatilgan saryog‘ni

    ...
  • Boshqotirma

    Alfavit krossvord so‘zlari deyarli olti harfli bo‘lib, markazga yo‘naltirib yoziladi. Kataklarni to‘g‘ri to‘ldirsangiz, raqamlar tartibida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Sentyabr” she’ridan parcha o‘qiysiz.

    1. AQSHdagi shtat. 2. “Maugli” multfilmidagi obraz.

    ...
  • Pirimqul Qodirov

    O‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktyabrda Tojikiston Respublikasining O‘ratepa tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tavallud topdi.

    1951-yili Toshkent Davlat dorilfununini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi jahon adabiyoti institutining aspiranturasiga o‘qishga kirdi. “Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi” mavzusida nomzodlik

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.