Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topqirjonning she’rlari

“5” olaman

Ahdim qat’iy, otajon,

Men bir so‘zli bolaman.

Shu misolni yechsangiz,

Ertaga “besh” olaman.

 

O‘g‘ri

Samijonning magniti,

Juda chaqqon o‘g‘ri-da.

Buvimlarning ignasin

Olganligi to‘g‘ri-da.

 

Kasal baho

Dadasi daftarga boqib der:

– “Ikki”ngni tuzatgin, Bobosher.

– Akajon, “ikki”ngiz kasalmi? –

Achinib so‘radi Alisher.

 

Solijon hoji XUDOYOROV,

Samarqand viloyati Nurobod tumani faxriy o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.