Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Topishmoqlar

Qadami yo‘q, yurt kezar,

Qo‘li yo‘q bino buzar.

Darg‘azab bo‘lib ketsa,

Azobidan el bezor.

 

Shalpangquloqdir o‘zi,

Mushuknikidek izi.

Yemishi sabzi, ko‘kat,

Misoli bodom yuzi.

 

Bilimlar sarchashmasi,

Ilmlilar oshnasi.

Qat-qat bo‘lib qoplangan

Udir muxlis tashnasi.

 

Ergash ATOYEV,

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani,

Xalq ta’limi a’lochisi, faxriy o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.