Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kuz saxovati

Xazon yog‘ar sap-sariq,

Yaproqqa to‘ldi ariq.

Xurmo, behi pishibdi,

Koptok kabi shishibdi.

 

Polizda qovun-tarvuz,

Hosillar faslidir kuz.

Pishadi mevalar ham,

Ularga quyosh hamdam.

 

Dalada oppoq paxta,

Egat boshida to‘xta.

Kimo‘zarga teramiz,

Yurtga “oltin” beramiz.

 

Mahliyo RAHIMBOYEVA,

Xorazm viloyati Gurlan tumani

7-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.