Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Xatosini tushundi

Arz qildi yirtiq kitob:

– Bo‘lib qoldim men betob.

Asramas sira egam,

Dars qilay, deb chekmas g‘am.

 

Dardin to‘kib ruchkasi,

Arz qilar chiqib sasi:

– Siyohlarim to‘kilgan,

Kuladi holim bilgan.

 

Mardon tinglab suhbatni

Xo‘p chuqur o‘yga toldi.

Jildlab kitob-daftarin,

Tartibli bo‘lib qoldi.

 

Elinur BAHRIDDINOVA,

Jizzax shahridagi H. Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internati, 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.