Boshqotirma
Alfavit krossvord so‘zlari deyarli olti harfli bo‘lib, markazga yo‘naltirib yoziladi. Kataklarni to‘g‘ri to‘ldirsangiz, raqamlar tartibida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Sentyabr” she’ridan parcha o‘qiysiz.
1. AQSHdagi shtat. 2. “Maugli” multfilmidagi obraz. 3. Qush. 4. Viloyat. 5. Navoiyshunos olim. 6. Qadim o‘zbek qabilasi. 7. Xorazm qovuni. 8. Paxta dedim, mazza yedim. (Topishmoq). 9. Bolalar yozuvchisi, “Dum” Ertak poemasi muallifi Adham... (?). 10. Bolalar jurnali. 11. “... va Qimmat” ertak. 12. Latifalar qahramoni. 13. Makkajo‘xori noni. 14. Diyorimizdagi tog‘, tuman. 15. J. Sharipov trilogiyasi (uch asari). 16. Alisher Navoiy dostonidagi personaj. 17. Aqliy sport turi. 18. Qit’a. 19. Bilim dargohi. 20. Qoraqalpoq shoiri. 21. Sitrus meva. 22. Bezaklar yasovchi usta. 23. Tikanli subtropik o‘simlik. 24. Afrika savannasi manzarasi. 25. O‘zbek xalq dostoni. 26. Tog‘ o‘simligi. 27. To‘qay, dala sayroqi qushi. 28. Gulxaniyning “Zarbulmasal”idagi “... va Najjor”. 29. Shirin ichimlik. 30. Anor navi. 31. Po‘lat Mo‘minning “Suqatoy-Konfetvoy” xayoliy ertak pyesasidagi obraz. 32. Matematik termin.
Boshqotirmada eng ko‘p ishlatilgan harf hamda uning nechtaligini aniqlang.
Tuzuvchi: Anvar MIRZAYEV