“Ezgulik qissasi”
Aziz jurnalxon! Ushbu topqirlik mashqlari jahonga taniqli adib, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi asosida tuzilgan. Ularni hal etish bilan sevimli asaringiz haqidagi bilimingizni sinab ko‘ring.
AYLANMA KROSSVORD Shaklda belgilangan xonadagi raqam atrofiga soat mili yo‘nalishida: 1. Asarning yana bir nomidan “... so‘ng”. 2. Qissani ona tilimizga o‘girgan tarjimon. 3. Maktab joylashgan maskan. 4. Asarda g‘aroyib tabiati mahorat bilan tasvirlangan ko‘l. 5. Qo‘riqlanishi buyurilgan daraxtzor hudud. 6. Asardagi bosh qahramonlardan biri. 7. Kuz fasliga kelib bazo‘r qur-qurlab, yolg‘iz ucha boshlaydigan yirtqich tog‘ qushi. 8. Bolaga bobosi sovg‘a qilgan, bola esa “Oq kema”ni u orqali uzoq vaqt tomosha qiladigan optik asbob. 9. Qishloqda yagona bo‘lgan maktabga berilgan nom. 10. O‘rmondagi daraxt turlaridan biri. 11. Bolaga harbiycha ko‘krak nishoni sovg‘a qilib, do‘stlashgan xushfe’l haydovchi askar. 12. Qissa o‘zbek tilida nashr etilgan va sahnalashtirilgan shahar. 13. Hovli itining laqabi. 14. O‘rozqulning poyga musobaqasida chopadigan oti olgan laqab. 15. Mo‘min boboning tabiatiga ko‘ra xalq tomonidan ismiga qo‘shib aytiladigan yana bir ismi. 16. Ko‘plab ekilib mo‘l hosil olinadigan sabzavot ekini.
TOPSHIRIQ: Shaklning o‘rta qismida “Oq kema” qissasida bayon etilgan ezgulik haqidagi xalq rivoyatining nomi yashiringan. Uni aylanalardan bosh harfni topib ma’lum tartibda o‘qish bilan bilib oling-chi!
Foziljon ORIPOV tuzdi.