Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 11-son

  • O‘zbekiston bayrog‘i

    O‘zbekiston bayrog‘i

    Ko‘zlarimning qarog‘i.

    Yuz ko‘rsatding jahonga,

    Toza dillar charog‘on!

    Orzularning cho‘g‘i bor,

    Temur bobom ruhi bor.

    Ellar ichra teng elning

    Bugun senday tug‘i bor!

    Ko‘kni bezab turgan yoy –

    Hech o‘xshashi yo‘q chiroy.

    Hikmatlarga buncha boy,

    Senda porlab turar oy!

    O‘n ikkita

    ...
  • Nega?..

    Tahririyatga ishga kelayotib avtobus bekatida pista chaqib o‘tirgan o‘quvchilarga ko‘zim tushdi. Ularning oyog‘i osti atrofdagilarning “havasni keltiradigan” darajada ivirsib bo‘lgan edi. 12-14 yoshlardagi uchta o‘quvchi bolaning ust-boshi binoyidek, yonida papkasi, qo‘lida esa qadoqlangan qog‘oz paketdagi pista. Ular pista po‘chog‘ini yerga tashlab atrofni to‘zitayotganlari xayoliga ham

    ...
  • Xorazmiyning zukko vorisi

    Urganch shahrida ilk marta talabalar o‘rtasida matematika fanidan Muhammad al Xorazmiy nomidagi I Xalqaro olimpiada o‘tkazildi.

    Unda dunyodagi 20 davlatning 56 universiteti talabalari o‘zaro kuch sinashdi. G‘oliblar orasida O‘zbekiston milliy universiteti matematika fakultetining 4-kurs talabasi, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi Sardor BOZORBOYEV

    ...
  • Yangi nomlar kashf etib...

    (havaskorlar mashqlariga bir nazar)

     

    Tahririyatdagi ish kunimiz Xatlar bo‘limidan boshlanadi. Pochtalyon amaki erta tongdan qo‘limizga bir dasta konvert tutqazadi-da, buyurtma xatlar uchun imzo qo‘ydirib oladi. “Hayotni, atrof-borliqni his etish – bizga bolalikdan ato etilgan qobiliyat”, – degan edi rus adabiyotining yorqin

    ...
  • O‘quvchi dars qoldirsa

    Abdulloh akasining to‘yi sabab 3 kun maktabga bormadi. Oradagi uzilish uni sinfdoshlaridan, o‘qishdan birmuncha sovutdi. Nazarida, darslar ham zerikarlidek tuyuldi. Har qancha harakat qilmasin, mavzularni tushunishga qiynaldi. A’lo baholari soni kamaydi. Buning uchun ustozi va ota-onasidan tanbeh eshitdi. Sababsiz dars qoldirish, vazifalarni tayyorlamaslik qanday oqibatlarga olib

    ...
  • Lim-lim quvonch yurakda

    Tong daftari

    Tursam shirin uyqudan

    Tong daftarin varaqlar.

    Sarlavhasi “Tinchlik” deb,

    Quyosh xursand charaqlar.

    Shabbodaning so‘ziga

    Gul tebranib raqs etar.

    Shoxda chumchuq chirqillab,

    Bulbul bilan bahs etar.

    Ariqchada zilol suv,

    Qo‘shiq aytib shildirar.

    Qo‘ldan tushib koptogim

    Bir

    ...
  • Pishloqdagi teshiklar

    Tan Bjerva, Polsha

     

    Ayting,

    Bu qanday jumboq,

    Nega teshilgan pishloq?

    Aslida pishloq pishgan,

    Kim uni atay teshgan?

     

    – Teshgan men emas,

    Boshqa, –

    O‘ylanib dedi Qashqa.

    – Qiziq, –

    G‘o-g‘oladi G‘oz.

    ...
  • Qo‘shig‘imizni angla

    Boris Zahodir, Rossiya

     

    Baqalar qo‘shig‘i

    Baqaga dedim sekin:

    – Ko‘ngilga olma lekin,

    Botqoqlarda yayraysiz,

    Nimalar deb sayraysiz?

     

    Baqavoy dedi: – Tingla,

    Qo‘shig‘imizni angla.

    Shaffofdir hovuzimiz,

    Shundan sho‘x

    ...
  • Itolg‘i

    Davomi. Boshi oldingi sonda.

     

    Abduqodir aka, bolaga shu qushni olib berib chakki qilibsiz-da! – dedi o‘qituvchi.

    – Nega? Biron nima bo‘ldimi?

    – Hozircha hech nima bo‘lgani yo‘q. Ammo Shavkat endi shu qushdan boshqa narsani o‘ylamay qo‘ydi,

    ...
  • Bolalikning beg‘ubor ovozi

    Kerakli raqamlarni terganimdan so‘ng telefon ortidan yosh qizaloqning ovozi eshitildi. “Buvingizni chaqirib bera olasizmi?” degan savolimga qizaloq, “Qaysi buvimni”, deya ajablandi. “Svetlana Murodxo‘jayevaga qo‘ng‘iroq qilayotgandim”, desam, “Bu menman, o‘zimman”, degan quvnoq ovoz eshitildi...

    Ha, bolajonlar bugun siz bilan 76 yoshida ham bolalarcha beg‘ubor ovozini

    ...
  • G‘ozlar qaytgan kun

    Bir kuni opam yuksak tog‘ tizmalarida joylashgan qishlog‘imiz Qiziltomdagi Zarli dalasidan to‘rtta tuxum olib keldi. Ular tovuq tuxumidan kattaroq, sap-sariq po‘chog‘idagi kichik-kichik nuqtalar zardek tovlanar edi. Opam bu tuxumlarni Zarlidagi ostidan suv qaynab chiquvchi ko‘l yonidagi uyadan olgan ekan. Bu yulduzchali sariq tuxumlarni nima qilish kerak, deb o‘ylab qoldim. “Jo‘ja qilish

    ...
  • Yaproq umri

    Yashardi navqiron daraxt shoxida

    Quyoshdan nur emgan yam-yashil yaproq.

    Uzoq-uzoqlarni qo‘msab gohida

    Daydi shamollarga ochardi quchoq.

     

    Shu daydi shamolni yaqin do‘st bilib,

    Qadrdon daraxtin sotdi arzonga.

    Ko‘klarda uchgandi quvonchga to‘lib,

    Oqibat aylandi so‘lg‘in xazonga.

     

    Sojida

    ...
  • Shokoladli tush

    “Shirinliklar yurti”da

    Asta kezib yuribman.

    Har qadamda konfetlar,

    Shodon kulib turibman.

     

    Qarshimda – shokolad tog‘,

    Meni etdi-ku hayron.

    Bir tishlay, deb talpinib,

    Qo‘lim cho‘zdim u tomon.

     

    Eh, esiz, shokoladlar,

    Kimga ham kelmaydi xush?!

    Shirinliklar yeganim

    Afsuski, ekan-da

    ...
  • Qushlarning do‘sti

    Mitti qushlar hovlimda,

    Chug‘ur-chug‘ur qilishar.

    Don-dun sepib qo‘yaman,

    Do‘stligimni bilishar.

    Ba’zi yomon bolalar

    Qushlarga tosh otadi.

    Ojizgina jismiga

    Toshlar og‘ir botadi.

    Mitti qushim chug‘urlab,

    Mehnat qilib tinmaysan.

    Dangasalik, yalqovlik,

    Yomonlikni

    ...
  • Sobirning bahonasi

    Ustoz xafa Sobirdan

    Chunki u tartibsiz, sho‘x.

    Darslari qilinmagan,

    Hech qaysi kitobi yo‘q.

     

    Der: – Ustoz, aybdormasman,

    Hamma g‘avg‘o kitobda! –

    Sobirning bu gapidan

    Barcha hayron shu tobda.

     

    – Kitobim sizdan qo‘rqib,

    G‘azabingizni bildi.

    Bundan buyon maktabga

    Kelmaslikka ahd

    ...
  • Havas

    Shodliklarga to‘lib ketadi olam,

    Xizmatingiz doim bizga e’zozdir.

    Bilim dargohiga qo‘yganda qadam,

    Meni kutib olgan sizdek ustozdir.

     

    Qancha bo‘lsa hamki mening yutug‘im,

    Uning har birida mehnatingiz bor.

    Ustoz, desam asli undan ulug‘im,

    Ona, degan nomga sizsiz sazovor.

     

    Mehringiz yurakka g‘ubor

    ...
  • Buvim nasihati

    Har kimsaga yaxshilik qilgin,

    Barcha sendan o‘rnak olgusi.

    Shu nurafshon kunlarni ko‘rmak,

    Har bir ota-ona orzusi.

    To‘g‘ri so‘z bo‘l, kattani tingla,

    Mehring quyosh kabi porlasin.

    Hunar o‘rgan, bilimlar seni

    Istiqboling tomon chorlasin.

     

    Shahnoza XUDOYBERGANOVA,

    Xorazm viloyati Xonqa

    ...
  • Ayyor tulki

    Hamma bilar tulkini

    Azaldan u shum, ayyor.

    Laqmalarni tuzoqqa

    Tushirmoqqa shay, tayyor.

     

    Aldab tulki quyonni,

    Aytib qiziq ertaklar.

    Labini yalab-yalab,

    O‘z uyiga yetaklar.

     

    Tulki o‘tgach hujumga,

    Og‘zini ochib qoldi.

    Quyon ham abjir ekan,

    Tuynukdan qochib

    ...
  • Kuzni axtarib

    She’r yozasan oltin kuzni axtarib,

    Qo‘lingda titraydi qahrabo yaproq.

    Sariq ko‘ylagiga hayron, lol qolib,

    Ilhoming yorishar bamisli chiroq.

     

    Ey yurak, za’faron tabiatga boq,

    Sochlaringni o‘par mezon shamoli.

    O‘y surib kezasan, sarg‘aygan o‘tloq,

    Yodingga soldimi qaynoq

    ...
  • Ona – olam chirog‘i

    Uyda onam bo‘lmasa,

    Ko‘zlarimga yosh kelar.

    Onajonim bor bo‘lsa,

    Ko‘nglim baxtiyor bo‘lar.

     

    “Ona – olam chirog‘i”

    Deganlari ekan rost.

    Shu chiroq porlab tursa,

    Barcha ishlar bo‘lar soz.

     

    Hojiakbar UMAROV,

    Uspenskiy nomidagi respublika

    musiqa maktabi 5-sinf

  • Mehr otasi

    Qachon maktab borasiz, dada,

    Men kutaman sizni doimo.

    Tanaffusda xayollar surib,

    Umringizni tilayman men, to...

     

    Gar borsangiz, maktabimizga,

    Otalarga bo‘lasiz o‘rnak.

    Aylanayin a’lochi qizga –

    Menga “Mehr otasi” kerak,

    Menga “Mehr otasi” kerak!

     

    Madina

    ...
  • Shuningdek...(2018-yil 11-son)

    Shuningdek, sahifamizga Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 29-maktab 8-sinf o‘quvchisi Akmalxo‘ja Qo‘chqorov, Samarqand viloyati Narpay tumani 10-maktab 9-sinf o‘quvchisi Husan Sobirov, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 44-maktab 4-sinf o‘quvchisi Marjona Xayrullayeva, Andijon viloyati Shahrixon tumani 23-maktab o‘quvchisi Umidaxon

    ...
  • Yolg‘on so‘zning yaxshisi bo‘ladimi

    Buncha kech qaytmasang, qizim? Axir, buvingni tobi yo‘qligini bilasan-ku. Hamma ishga o‘zim ulgurolmayapman.

    – Oyijon, Nilufar yiqilib, qo‘lini sindirib oldi. Uyiga kuzatib kelyapman, – dedi Malika doimgi yolg‘onlaridan birini ishlatib. Aslida bugun Nilufarnikiga o‘ynagani borgandi.

    – Voy, sho‘rlik, uyda kattalardan kimdir bor ekanmi? Shifokorga olib

    ...
  • Olmaxon va ovchilar

    Bor ekan, yo‘q ekan. Qadim-qadim zamonda o‘rmon chetidagi bir daraxtda olmaxon to‘rtta bolasi bilan yashagan ekan. Kunlarning birida uzoqdan itning hurgani eshitilibdi. Ovoz borgan sari yaqindan kela boshlabdi. Demak, o‘rmonda ovchi paydo bo‘libdi. Olmaxon bolalari qo‘rqib ketishibdi, ona olmaxon esa ularga dalda berib, debdi:

    – Avval ko‘raylik, bu qanaqa ovchi ekan. Balki

    ...
  • “Bir hovuch dur topdim”

    Yaqinda poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 262-maktabda o‘tkaziladigan “Kitobxon o‘qituvchi” ko‘rik-tanloviga taklif etishdi. Maktab tadbirlarida sahnada faqat o‘quvchilarni ko‘rib yurganimiz uchun u yerda ustozlarni ko‘rib hayratlandim. Tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan shu yilning sentyabr-dekabr oylarida maktablarda “Men shu aziz Vatan farzandiman!” shiori ostida turkum

    ...
  • Do‘stligimiz davom etadi

    “Gulxan” jurnali qo‘limga qalam tutgan, qalbimda adabiyotga, she’riyatga havas uyg‘otgan bolalik do‘stim. Ana shu do‘stlik ulg‘ayganimda, o‘qituvchilik kasbini egallaganimda ham davom etmoqda. Endi men “Gulxan”ni shogirdlarim bilan birgalikda o‘qiyapman. 3-sinfdaligida “Gulxan” bilan do‘stlashgan o‘quvchilarim bu yil 7-sinfda o‘qishyapti. “Gulxan” hamon ular bilan. Jurnal sahifalarida e’lon

    ...
  • Har bolaga bir “Gulxan”

    Men o‘quvchilarimizning ma’naviy dunyosini boyitayotgan, ularni barkamollik sari yetaklayotgan “Gulxan” jurnalining har bir sonini orziqib kutaman. Chunki jurnal sahifalarida o‘qituvchining ish jarayonida qo‘l keladigan ko‘plab mavzular yoritiladi. Ayniqsa, darslikka kirgan shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar hamda portretlarining berilayotgani biz

    ...
  • Vijdon

    M.Zoshchenko

     

    Alyoshaning deyarli hamma baholari “uch”. To‘g‘ri, “ikki” olmaydi, lekin hammasi “uch”. Qachonlardir bir marta “to‘rt” baho ham olgan. Doim shu “to‘rt”i bilan maqtanib yuradi.

    Bugun o‘zi kutmagan holda to‘satdan musiqa fanidan “besh” baho oldi. U qandaydir ashulani maromiga yetkazib aytib berdi. O‘qituvchi

    ...
  • Любимое время года

    – Бабушка, какoе у тебя любимoе время гoда? – спрoсила Oля.

    – Oсень.

    – А пoчему? – oгoрчилась внучка. – Oсенью идёт дoждь, деревья oстаются без oдежды, на земле лужи, сырo, грязнo, прoхладнo.

    – Нет, Oленька, oсенью пoспевает урoжай oвoщей и фруктoв. Oсенью мнoгo грибoв в лесу. Тoлькo oсенью мы мoжем пoсoлить грибoчки, oгурчики, пoмидoрчики. А из спелых яблoк мы сварим

    ...
  • Подбери похожее по смыслу слово

    ОБРАЗЕЦ:БОЛЬШОЙ  дуб - ОГРОМНЫЙ дуб

    БЫСТРЫЙ поезд -... поезд

    ВЕЖЛИВЫЙ человек -... человек

    ВЕСЁЛАЯ девочка -... девочка

    ГОРЯЧИЙ день -... день

    ИНТЕРЕСНАЯ книга -... книга

    КРАСИВАЯ роза -... роза

    КРАСНЫЙ мак -... мак

    ЛАСКОВЫЕ руки -... руки

    ДУШИСТЫЙ ландыш -... ландыш

    ВЫСОКИЙ мальчик -...

    ...
  • The best friend

    A story tells that two friends were walking through the desert. During some point of the journey they had an argument, and one friend slapped the other one in face.

    The one who got slapped was hurt, but without saying anything, wrote on the sand “Today my best friend slapped me in the face”.

    They kept on walking until they found an oasis, where they decided to swim. The one

    ...
  • Riddles and brain teasers for kids

    Question: I’m tall when I’m young and I’m short when I’m old. What am I?

    Answer: A candle.

     

    Question: In a one-story pink house, there was a pink person, a pink cat, a pink fish, a pink computer, a pink chair, a pink table, a pink telephone, a pink shower – everything was pink! What color were

    ...
  • Mening mitti makonim

    Sulaymon Risboyev

     

    Kushubek qishlog‘idan olisga chiqdi-yu bir haqiqatni angladi. Odamga uzoqdan ko‘ringan narsa ulkan va aksincha yaqindagi narsa kichrayib ko‘rinar ekan. Qancha olisga chiqqan edi deysizmi? Ha, aytish esimdan chiqibdi-ku! Kushubek polvon. Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tadigan xalqaro kurash musobaqasida

    ...
  • Innovatsiya – u qanday yangilik

    2018-yil mamlakatimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganiga ham deyarli bir yil bo‘ldi. Bu fursat mobaynida lug‘atimizda yangilik bo‘lgan “innovatsiya” so‘zining ma’nosini bilib oldingizmi?

    Internetda bu so‘zga “yangilik”, “ixtiro” deb ta’rif berilyapti. U bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqqan holda

    ...
  • Foydli maslahatlar

    1. Chovgumning tagiga tuz yig‘ilmasligi uchun uni suv bilan to‘ldirib, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi solib, qaynating. So‘ngra qaynoq suv bilan chaying.

     

    1. Go‘shtqiymalagichdan go‘sht chiqargandan keyin undan kartoshka yoki bir bo‘lak nonni ham o‘tkazib olsangiz yuvish oson
    ...
  • Chinni guldasta

    Singan, darz ketgan idishlardan foydalanmaslik haqida ota-onamiz ko‘p bor ta’kidlashgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Bu haqida keyinroq gaplashamiz. Lekin singan idishlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Chunki ulardan ajoyib dekorativ buyum yasash mumkin. Bunday buyumlarni xonadagi javonga, dars tayyorlaydigan stolingizning bir chetiga qo‘ysangiz, oila a’zolaringizga xush kayfiyat

    ...
  • “Ezgulik qissasi”

    Aziz jurnalxon! Ushbu topqirlik mashqlari jahonga taniqli adib, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi asosida tuzilgan. Ularni hal etish bilan sevimli asaringiz haqidagi bilimingizni sinab ko‘ring.

    AYLANMA KROSSVORD Shaklda belgilangan xonadagi raqam

    ...
  • Shuhrat

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir, nosir, dramaturg Shuhrat(G‘ulom Alimov) 1918-yil 19-aprelda Toshkentda tug‘ildi. U eski va yangi maktablarda tahsil olgach, Transport texnikumida o‘qishni davom ettirdi. Shu yerda shoir Yunus Latif boshchilik qilayotgan to‘garakka a’zo bo‘ldi va she’rlar yoza boshladi. Texnikumni tamomlagach Toshkent davlat

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.