Kuzni axtarib
She’r yozasan oltin kuzni axtarib,
Qo‘lingda titraydi qahrabo yaproq.
Sariq ko‘ylagiga hayron, lol qolib,
Ilhoming yorishar bamisli chiroq.
Ey yurak, za’faron tabiatga boq,
Sochlaringni o‘par mezon shamoli.
O‘y surib kezasan, sarg‘aygan o‘tloq,
Yodingga soldimi qaynoq chog‘larni?!
Paxtazorlar bo‘ylab uchgan mezonni
Oppoq bulutlarga mengzab maqtandim.
Quyoshga talpingan mudroq bog‘lardan,
Men kuzni axtardim, kuzni axtardim.
Diyora BAXTIYOROVA,
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani
27-maktab 6-sinf