Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yaproq umri

Yashardi navqiron daraxt shoxida

Quyoshdan nur emgan yam-yashil yaproq.

Uzoq-uzoqlarni qo‘msab gohida

Daydi shamollarga ochardi quchoq.

 

Shu daydi shamolni yaqin do‘st bilib,

Qadrdon daraxtin sotdi arzonga.

Ko‘klarda uchgandi quvonchga to‘lib,

Oqibat aylandi so‘lg‘in xazonga.

 

Sojida ERGASHEVA,

Samarqand viloyati Nurobod tumani

18-maktab 11-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.