Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shokoladli tush

“Shirinliklar yurti”da

Asta kezib yuribman.

Har qadamda konfetlar,

Shodon kulib turibman.

 

Qarshimda – shokolad tog‘,

Meni etdi-ku hayron.

Bir tishlay, deb talpinib,

Qo‘lim cho‘zdim u tomon.

 

Eh, esiz, shokoladlar,

Kimga ham kelmaydi xush?!

Shirinliklar yeganim

Afsuski, ekan-da tush.

 

Muhtaramxon HASANOVA,

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani

26-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.