Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qushlarning do‘sti

Mitti qushlar hovlimda,

Chug‘ur-chug‘ur qilishar.

Don-dun sepib qo‘yaman,

Do‘stligimni bilishar.

Ba’zi yomon bolalar

Qushlarga tosh otadi.

Ojizgina jismiga

Toshlar og‘ir botadi.

Mitti qushim chug‘urlab,

Mehnat qilib tinmaysan.

Dangasalik, yalqovlik,

Yomonlikni bilmaysan.

 

Shahzoda NODIROVA,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani

27-maktab 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.