Sobirning bahonasi
Ustoz xafa Sobirdan
Chunki u tartibsiz, sho‘x.
Darslari qilinmagan,
Hech qaysi kitobi yo‘q.
Der: – Ustoz, aybdormasman,
Hamma g‘avg‘o kitobda! –
Sobirning bu gapidan
Barcha hayron shu tobda.
– Kitobim sizdan qo‘rqib,
G‘azabingizni bildi.
Bundan buyon maktabga
Kelmaslikka ahd qildi!
Boburjon IBROHIMJONOV,
Toshkent viloyati Chinoz tumani
40-maktab 8-sinf