Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Havas

Shodliklarga to‘lib ketadi olam,

Xizmatingiz doim bizga e’zozdir.

Bilim dargohiga qo‘yganda qadam,

Meni kutib olgan sizdek ustozdir.

 

Qancha bo‘lsa hamki mening yutug‘im,

Uning har birida mehnatingiz bor.

Ustoz, desam asli undan ulug‘im,

Ona, degan nomga sizsiz sazovor.

 

Mehringiz yurakka g‘ubor solmaydi,

Bilim bo‘stonida eng oliy bog‘bon.

Qalbimda hech qachon armon qolmaydi,

Bo‘lolsam, agarda sizdayin inson.

 

Laylo ESONMURODOVA,

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani

5-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.