- Rukn: Sheʼrlar
- 1402 marta ko‘rilgan
Qo‘shig‘imizni angla
Boris Zahodir, Rossiya
Baqalar qo‘shig‘i
Baqaga dedim sekin:
– Ko‘ngilga olma lekin,
Botqoqlarda yayraysiz,
Nimalar deb sayraysiz?
Baqavoy dedi: – Tingla,
Qo‘shig‘imizni angla.
Shaffofdir hovuzimiz,
Shundan sho‘x tovushimiz!
Kuchukcha
Tinmay hurar kuchukcha,
Unda shunday tushuncha:
Kim ko‘p hursa, yutuq naqd,
Yengib chiqar hamma vaqt.
Rus tilidan Nurulloh OSTON tarjimalari