Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbekiston bayrog‘i

O‘zbekiston bayrog‘i

Ko‘zlarimning qarog‘i.

Yuz ko‘rsatding jahonga,

Toza dillar charog‘on!

Orzularning cho‘g‘i bor,

Temur bobom ruhi bor.

Ellar ichra teng elning

Bugun senday tug‘i bor!

Ko‘kni bezab turgan yoy –

Hech o‘xshashi yo‘q chiroy.

Hikmatlarga buncha boy,

Senda porlab turar oy!

O‘n ikkita yulduzim,

Charaqlagan kunduzim.

Bu – g‘urur-u dil so‘zim,

Bu – mening yorug‘ yuzim!

Mustaqillik nurisan,

Muhabbatim qo‘risan.

Odamiylik bahsining

Hamishalik zo‘risan!

Mening borim-yo‘g‘imsan,

Yurakdagi cho‘g‘imsan.

Dunyo bo‘ylab hilpira,

Sen mardona tug‘imsan!

 

Yo‘ldosh Sulaymon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.