- Rukn: Sheʼrlar
- 1845 marta ko‘rilgan
Ustozlar
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Siz bizlarga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli, Ustoz, deb
El ardoqlar, el suyar.
O‘z kasbiga sodiqlik
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.
Ilmingiz ziyosidan
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Sizga e’zoz yarashsa,
Bizga xizmat yarashar.
Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba’zida
Kuyungansiz, tolgansiz.
“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin
Namoyon etar ko‘zgu!
Siz aytganday hur Vatan
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bo‘lsin!
Orif To‘xtash