Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” xabarlari

Ona tili va adabiyot oyligida Respublikamiz maktablarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi badiiy adabiyotga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 227-maktabda o‘tkazilgan “Zakovatli kitobxon” tanlovi ijodiy bahslarga boy bo‘ldi. Tanlovda 9–11-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar “Tanishtiruv”, “Asarlar tahlili”, “Ijodkorni top”, “Erkin mavzu” yo‘nalishlarida bellashishdi.

O‘quvchilarning bilim va zakovati namoyishiga aylangan bu tanlovda 9-sinflar o‘rtasida “Yosh kitobxonlar”, 10-sinflararo musobaqada “Kitobsevarlar”, 11-sinflar bellashuvida “Yosh avlod” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Navoiy viloyati Karmana tumanida 10-14 hamda 14-20 yoshli badiiy asar ixlosmandlari orasida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 28-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Nozima Hamroyeva eng zukko kitobxon, deb tan olindi. Nozima Yoshlar ittifoqi tuman kengashining diplomi va qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi.

 

Gulxanjon

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.