Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shirmoy non

Qizil yuzli shirmoy non,

Quvvat, vitaminga kon.

Issiq, shirin, bo‘rsildoq,

Unga shaydir dasturxon.

 

To‘kmasdan ushog‘ini,

Sevib avaylab yeymiz.

Mazali, xushta’m deya,

Novvoyga rahmat deymiz.

 

Feruzabonu OMONOVA,

Buxoro viloyati Shofirkon tumani

24-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.