Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yon daftarga yozib qo‘y

Alisher Navoiyning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq g‘azalini yoddan bilgan.

Navoiyning “Xamsa” asari dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan.

Navoiy qo‘lyozmalari O‘zbekiston, Rossiya, Angliya, Turkiya, Eron, AQSH kabi ko‘plab mamlakatlar kutubxona va muzeylarida saqlanadi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgan. Uning ilk sohibi turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist Chingiz Aytmatov bo‘ldi.

Bu mumtoz inson, ya’ni Bobur Mirzo tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik siymolaridan biridir.

Jannatmakon Zahiriddin Muhammad hazratlari buyuk faoliyat kishisi bo‘lgan.

              

 Xayriddin Sulton

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.