Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

  • 1113 marta ko‘rilgan

Diqqat: marafon

Qadrli tengdoshlar, Ozingiz oqigan kitoblardagi eng durdona fikrlarni dostlaringiz bilan ulashishni istaysizmi? Unday bolsa marafonimizga qoshiling. Yaxshi korgan kitoblaringizdagi iqtiboslarni @GulxanBolajon telegram manziliga yuboring. Eng faol kitobxonlarimiz uchun ajoyib sovgalarimiz bor. Tayyor bolsangiz, qani boshladik!!!

 

Nasl-nasab bilan maqtanish zaiflik belgisidir! O‘zining ilkidan yaxshi ish kelmaydiganlar mudom nasl-nasablari bilan kerilurlar. (“Yulduzli tunlar”. Primqul Qodirov)

Hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q, agar hamma sizni yoqtirsa, bilingki, sizda nuqson bor. (Paulo Koelo)

 

Hayotdagi muvaffaqiyatsizligingning eng muhim sababi, barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashg‘ul, deb o‘ylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan. (Fyodor Dostoyevskiy)

 

Aslida zaminimiz mo‘minlarga meros qolishi kerak edi. Lekin baxtga qarshi u texnikaga mukkasidan ketgan, o‘z qalbiga emas, ekranlarga boqishni afzal ko‘ruvchi yoshlarga qoldi. (“Ibtido”. Den  Braun)

 

Bahs – bu ham aslida ilm o‘rganishning bir yo‘li. Biroq unga ortiqcha hirs qo‘yish yaramaydi. Chunki bahsga ortiqcha hirs qo‘yishdan mag‘rurlik, maqtanchoqlik, xusumat, yolg‘onchilik, hatto, arzimagan narsadan janjal chiqarish va birovga musht ko‘tarish kabi yomon illatlar tug‘iladi. (Abay)

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.