Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

  • 1045 marta ko‘rilgan

Gʻazal boʻstoni oralab

Qashqadaryo viloyati maktab o‘quvchilari o‘rtasida filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh navoiyxon” an’anaviy tanlovida 200 ta g‘azal yod olgan Qarshi tumanidagi 43-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Ahmadova g‘olib bo‘ldi.

Yodingizda bo‘lsa, jurnalimizning o‘tgan yilgi sentyabr sonida g‘azalxon qiz haqida maqola e’lon qilgan edik.

130 ta g‘azal yodlagan Nafosat Imomnazarova esa ikkinchi o‘ringa loyiq topildi.

Tanlovning bu yilgi bosqichida o‘tgan yilga nisbatan nafaqat ishtirokchilar soni ortdi balki, ularning yod olgan g‘azallari soni ham oshdi. Demak, o‘quvchilarda Navoiy ijodiga qiziqish, mahabbat bor ekan, kelajakda yetuk adabiyotshunos olimlar, navoiyshunoslar safi kengayaveradi.

 

Dilafro‘z ZAYNIYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.