Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil 2-son

  • Navoiysin topolgan dunyo

    Kelajakka qo‘yib poydevor,

    Tarix so‘zlar – ko‘zgudagi bo‘y.

    Nazm oqar, azim, shiddatkor

    Og‘ushiga tortib ketar o‘y.

    Mo‘jizalar yaratib har on,

    Atom asri qo‘l silkir go‘yo,

    Mening qalbim bir armon o‘rtar –

    Navoiysin sog‘ingan dunyo.

    Komil inson yaralarmi yo,

    Uyg‘oq vijdon aziyatidan:

    Bu dunyodan qo‘li bo‘sh

    ...
  • Uzoq kelajakni oʻylab

    Aziz muxlislar, ikkinchi chorak ta’tili hamda unga ulanib ketgan karantin kunlaridan so‘ng sinfdosh va ustozlarni sog‘inib, qadrdon maktabingiz quchog‘iga qaytganingizdan xursandmiz. Albatta, onlayn darslar davom etdi. Lekin internet imkoniyatlari yetib bormagan chekka tuman va qishloqlarda o‘qishlar deyarli bo‘lmadi. Bunday paytlarda o‘qishga, o‘rganishga, badiiy adabiyotlarga qiziqqan

    ...
  • Dono Alisher

    Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas.

    Zahiriddin Muhammad BOBUR

    Undan (Alisher Navoiy) avval va undan keyin hech kim turkiy tilda she’rni undan ko‘proq va undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy she’rni ham ko‘p yozgan.

    Muhammad

    ...
  • Buyuklar Bobur haqida

    ...U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega boʻlgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi. Turkiy she’rni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas.

    Mirzo Muhammad Haydar,

    “Tarixi Rashidiy”dan.

    Bobur dilbar shaxs

    ...
  • “Yulduzli tunlar” va men

    Men kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘raman. Mening eng yaqin sirdoshim, maslahatgo‘yim kitob. Odatda o‘zingdagi xato va kamchiliklarni hamisha ham sezavermaysan. Lekin kitob qahramonlariga qarab o‘zingni yaxshi, yomon jihatlaringni anglaysan.

    Kitoblarim ko‘p. Dadam menga televizor ko‘rishni taqiqlaganlari uchun ulardan juda minnatdorman. Chunki teleekran qarshisida o‘tadigan vaqtlarimni

    ...
  • Opa-singil gandbolchilar

    Mamlakatimizda yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Buni ko‘ngildan his qilgan o‘g‘il va qizlarimiz o‘zlari mehr qo‘ygan sport turlarini qunt bilan o‘rganishyapti, ko‘zlagan maqsadlarining ushalishi yo‘lida mashg‘ulotlarni maromiga yetkazishayapti.

    Sarvinoz va Asaloy Saparboyevalar Xorazm viloyati Urganch

    ...
  • Qizim Kumushoy

    Qizim Kumushoy

    Baridan a’losan, qizim Kumushoy.

    Yorug‘ dunyo nima, olam nimadir,

    Qarog‘im gavhari – ko‘zim, Kumushoy.

     

    Kulsang yorishadi zimiston xonam,

    Qoshingda muntazir onang-u onam.

    Yagona xudoyim bergan yagonam,

    Yig‘lasang, yosh yuvar yuzim, Kumushoy.

     

    Kulging kumush bo‘lsa,

    ...
  • Oʻroz Haydar ijodidan

    Shoshqaloq

    Shoshib keldi-yu, Xoliq,

    Piyolaga choy suzdi.

    Ichgandi, kuydi og‘zi,

    Dodi olamni buzdi.

     

    Shoshqaloqning holi shu,

    Bilmas hayot hazilin.

    O‘ziga ham sezdirmay,

    Berib qo‘yar ta’zirin.

     

    Besh ketdim

    Tizilishib

    Turnalar,

    Uchar

    ...
  • Internet yoʻq zamonlarda

    Qadrli jurnalxon, bugungi sahifamiz mehmoni O‘zbek Milliy akademik teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist “Alisher Navoiy” spektaklida Navoiy, “Mehrobdan chayon”da Anvar, “Mirzo Ulug‘bek”da Abdulatif, ko‘p qismli filmlar – “Buyuk Amir Temur”da Amir Temur, “O‘tkan kunlar”da Otabek, “Layli va Majnun”da Majnun, “Shaytanat”da Elchin, “Qo‘riqxona”da Behzod, “Ixtiyorsiz qotil”da

    ...
  • Jon shirinmi yo amal

    O‘zbekiston xalq shoiri, o‘zbek adabiyoti xazinasiga munosib hissa qo‘shgan ustoz Anvar Obidjon hayot bo‘lganida bu yil 75 yoshga to‘lgan bo‘lardi.Lekin Ona Vatani va xalqi suygan, ardoqlagan shoir va yozuvchilar hech qachon o‘lmaydilar. Ular o‘z asarlari bilan kitobxonlar, muxlislari qalbida ikkinchi umrini yashaydilar. Ustoz Anvar Obidjon ham xuddi ana shunday ijodkorlar

    ...
  • Ona tilim

    Ona tilim – bek tilim,

    Jaranglar kuylarimda.

    Qalbga singding onamning

    Allasin suyganimda.

     

    Tarix silsilasidan

    Meros bo‘lib qolganim.

    So‘zdan marvarid tizib,

    She’r-u baytga solganim.

     

    Mir Alisher bobomning

    Nafasi kelgan tilim.

    Barcha turkiy tillarning

    Asl gultoji

    ...
  • Kitob

    Kitob, bilimga konsan,

    Ma’rifatga makonsan,

    Ezgulikka chorlaysan,

    Quyosh misol porlaysan.

    Baxtga ko‘prik narvoning

    Samolarga ulangan.

    Ko‘hna, azim karvoning

    Tog‘lar bilan tutashgan.

     

    Dilbarxon MUSAYEVA,

    Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi

    20-maktabning 7-sinf o‘quvchisi

  • Anor

    Mevalar malikasin

    Oldim qo‘limga.

    Shunda dunyo zavqlari

    Chiqdi yo‘limga.

     

    Yorgan edim yuzimga

    Sachradi “qon”i.

    Nazarimda sho‘rlikning

    Og‘ridi joni.

     

    Donalar jilvasidan

    Ko‘zim qamashdi.

    Anorning ta’rifiga

    So‘zim adashdi.

     

    Yesam ekan ko‘p

    ...
  • Anor

    “Ona” desam ko‘z oldimda

    Jilolanar mehribon quyosh.

    Beg‘ubor, bolalik yodimda,

    O‘yinqaroq, sho‘x edim, bebosh.

     

    Onajonim mehrin taftida

    Sho‘xliklarim erib ketardi.

    Toza dunyo zavq-u shavqi-la,

    Go‘yo olam nurga to‘lardi.

     

    Jalilbek Sharifjonov,

    Toshkent shahar

    Uchtepa

    ...
  • Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 44-maktab o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan naʼmunalar

    Tahririyatimizga Namangan viloyatiChortoq tumanidagi 44-maktabning ijodiy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha targ‘ibotchisi Ergashoy Sharopova bir guruh o‘quvchilarining she’rlarini jo‘natdilar.Ijod namunalarini birma-bir ko‘zdan kechirdik: bolalarga xos samimiy, ravon yozilgan. Vatanni ulug‘lash, tabiatga oshnolik, insoniy xislatlarni qadrlashga

    ...
  • Maqtonchoqning holi

    Deraza tokchasidagi sopol tuvakka ekilgan Piongul xonaga o‘zgacha tarovat baxsh etar edi. Gul o‘sib kattalashgach, tomirlari tuvakka qisilib, yaxshi o‘sa olmay qolibdi.

    Bir kuni tuvak Piongulga qarab:

    – Sen mensiz bir kun ham yashay olmaysan. Sening gullab-yashnashingning asosiy sababchisi menman. Demak, mendan bir umr qarzdorsan, mening qadrimga yetishing, xizmatimni

    ...
  • Ota ariq nega ranjidi

    Bir ariqchadan toza, tiniq suv oqib bog‘-u rog‘larni sug‘orar, atrofdagi o‘simliklarga hayot baxsh etarkan. Bir kuni ko‘chada o‘ynayotgan bolalar ariqqa axlat tashlab, uni iflos qilishibdi. Suv bolalarning bu ishidan xafa bo‘lib, tepadagi katta ota ariqqa aytib beribdi. Ariq bobo ariqchaga boshqa suv bermay qo‘yibdi. Oqibatda ariqcha bo‘yidagi daraxtlar, o‘simliklar sarg‘ayib, qurishni

    ...
  • Ayiqpolvonning xatosi

    Ayiqpolvon yog‘liqqina palovni juda yaxshi ko‘rganidan bir qozon oshni bir o‘zi yeb qo‘yar ekan. Shuning uchun qishga sholi g‘amlab qo‘ysam, uni oqlatib guruch qilib, har kuni osh damlab yeyaveraman deb o‘ylabdi. Daryo bo‘yidan bir parcha yerga pol qilib, unga suv burib kelibdi. Keyin sholi ekibdi. Sal o‘tib sholilar ninaning bo‘yidek bo‘lib unib chiqibdi. Quyoshning nurlarida bo‘y cho‘zib,

    ...
  • Igna bilan quduq qazishga tayyormisiz?

    Talabalikning oltin davrini orzulayotgan tengdoshim, esingizda bo‘lsa o‘tgan sonda jidd-u jahd bilan bilim olishga kelishib olgandik. Ammo, buni nimadan boshlashni, qanday kitoblar o‘qishni bilmayapman, deysizmi? Keling, unda bugun talabalik maqomiga erishgan aka-opalarimizning tajribalariga quloq tutamiz. Ko‘pchilik abituriyent – tolibi ilmlar repetitorga borish oliy o‘quv yurtiga kirish

    ...
  • Sinfdoshlar ahil boʻlmasa

    (1-sondagi “buvim adashdimi” maqolasini oʻqib)

    Maqolada juda dolzarb mavzu ko‘tarilgan. Chindan ham o‘g‘il bola bilan qiz bolaning do‘stligini ko‘pchilik oilalar yoqlamaydi. Bunday hodisalar deyarli barcha maktablarda uchrab turadi. Balki, Zuhra o‘z xatti-harakatlari bilan onasining ko‘ngliga tashvish solgandir. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham men qizaloqning onasi

    ...
  • Ishonch muhim emasmi?

    Azizning tashvishi o‘rinli. Bir xil onalar serial va kinodagi voqealarga duch kelmaslik uchun, bolam to‘g‘ri tarbiya topsin deb tazyiqni kuchaytirib yuboradi. Maktabda istasak-istamasak, sinfdoshlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lamiz, busiz iloji yo‘q. Qolaversa, sinfdosh bolalarimiz ham o‘zimiz tengi, dunyoqarashimiz bir xil, gapimiz gapimizga to‘g‘ri keladi. Bir-birimizni tez tushunamiz.

    ...
  • Tanishing gʻoliblar

    Xabaringiz bor, joriy yilning 12-yanvaridan 22-yanvariga qadar o‘quvchilarning ta’til vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning o‘zbek bolalar adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va “Gulxan” jurnali tahririyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi

    ...
  • “Senga posbonmiz vatan”

    Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram Davlat madhiyasi bilan ochildi. “Senga posbonmiz, Vatan!” shiori ostidagi ushbu tadbir tashkilotchilari – jajji askar libosidagi 4-“B” o‘quvchilari zalga kirib kelganda tomoshabinlarning kayfiyati ko‘tarilib ketdi. Muxlisa Abdumannopova, Muhabbat Murodova, Alaziz Toshkentov, Nigora Alimova, Muslima Yusupova, Firdavs Akbarov kabi faol o‘quvchilar

    ...
  • Antiqa qoʻziqorinlar

    1. Koʻk qoʻziqorin: bu yorqin shlyapali ko‘m-ko‘k qo‘ziqorinni ko‘rgan zahoti yeb qo‘ygingiz keladi. Qo‘rqmay yeyavering, taomnomada o‘rni bor. Diametri 7sm. dan 15 sm. gacha. Amerika va Osiyo bozorlarida uni sevib xarid qilishadi.
    2. Yomgʻir qoʻziqorinlari: aytaylik, o‘rmonda
    ...
  • Moziydan sado

    Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga kelgan paytlarda temuriyzodalar hukmronlik qilgan Movarounnahr va Xuroson o‘lkasida Xoja Ubaydulloh Ahror (Xoja Ahrori Valiy, 1404–1490)ning nufuzi nihoyatda baland edi. Uning sharofati tufayli, temuriy hukmdorlar o‘rtasidagi ko‘plab nizoli vaziyatlar tinchlik yo‘li bilan hal qilinar edi. Bu voqealar “Boburnoma”, “Abdullanoma” kabi mo‘tabar kitoblarda bayon

    ...
  • Gʻazal boʻstoni oralab

    Qashqadaryo viloyati maktab o‘quvchilari o‘rtasida filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh navoiyxon” an’anaviy tanlovida 200 ta g‘azal yod olgan Qarshi tumanidagi 43-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Ahmadova g‘olib bo‘ldi.

    Yodingizda bo‘lsa, jurnalimizning o‘tgan yilgi sentyabr sonida g‘azalxon qiz haqida maqola e’lon qilgan

    ...
  • Iqbol Mirzo

    Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich (Iqbol Mirzo) – 1967-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga qarashli Qo‘shtegirmon qishlog‘ida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Otasi o‘qituvchi bo‘lib, bolalarining ta’limiga katta e’tibor bergan. She’riyatga havasni tog‘asi, shoir, Abdulla G‘ulom uyg‘otgan. Besh yoshida S. Yeseninning o‘zbek tiliga tarjima qilingan she’riy to‘plamini yod oladi. 7

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.