Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona tilim

Ona tilim – bek tilim,

Jaranglar kuylarimda.

Qalbga singding onamning

Allasin suyganimda.

 

Tarix silsilasidan

Meros bo‘lib qolganim.

So‘zdan marvarid tizib,

She’r-u baytga solganim.

 

Mir Alisher bobomning

Nafasi kelgan tilim.

Barcha turkiy tillarning

Asl gultoji tilim.

 

Fariza LUMAYEVA,

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumanidagi

27-maktabning 6-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.