Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Senga posbonmiz vatan”

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram Davlat madhiyasi bilan ochildi. “Senga posbonmiz, Vatan!” shiori ostidagi ushbu tadbir tashkilotchilari – jajji askar libosidagi 4-“B” o‘quvchilari zalga kirib kelganda tomoshabinlarning kayfiyati ko‘tarilib ketdi. Muxlisa Abdumannopova, Muhabbat Murodova, Alaziz Toshkentov, Nigora Alimova, Muslima Yusupova, Firdavs Akbarov kabi faol o‘quvchilar vatan, vatanni qo‘riqlash, harbiylar haqidagi she’rlarni chinakam askarlardek, harbiy holatda jaranglatib ijro etishdi. Vatan himoyasi har bir yigitning muqaddas burchi ekanligi aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shu mavzudagi qo‘shiqlar yangradi. Ayniqsa, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib aytilgan qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir mehmonlari – “Shohimardon” mahalla faollari, ota – onalar o‘quvchilarning iqtidori, mahoratini ko‘rib xursand bo‘lishdi. Ha, Vatanni ulug‘lash, uni sharaflamoq, vatan uchun yashamoq bugungi tadbirning asosiy g‘oyasi, mazmun mohiyati bo‘ldi.

Ota-onalar nomidan so‘zga chiqqan buvijon Mahfuza Nuralieva ushbu tadbirni tashkillashtirgan sinf rahbari Dildoraxon Yusupova, musiqa o‘qituvchisi Arofatxon Ashurovaga minnatdorchilik bildirdi. Ushbu tadbir, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

O‘quvchilar tadbirdan so‘ng ota-onalari va o‘qituvchilari bilan birgalikda G‘alaba bog‘iga yo‘l olishdi.

 

Hilola Ibrohimova,

Yashnobod tumanidagi

67–maktabning ijodiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.