- Rukn: Sheʼrlar
- 691 marta ko‘rilgan
Anor
“Ona” desam ko‘z oldimda
Jilolanar mehribon quyosh.
Beg‘ubor, bolalik yodimda,
O‘yinqaroq, sho‘x edim, bebosh.
Onajonim mehrin taftida
Sho‘xliklarim erib ketardi.
Toza dunyo zavq-u shavqi-la,
Go‘yo olam nurga to‘lardi.
Jalilbek Sharifjonov,
Toshkent shahar
Uchtepa tumanidagi
283-maktabning 10-sinf o‘quvchisi