- Rukn: Sheʼrlar
- 7381 marta ko‘rilgan
Anor
Mevalar malikasin
Oldim qo‘limga.
Shunda dunyo zavqlari
Chiqdi yo‘limga.
Yorgan edim yuzimga
Sachradi “qon”i.
Nazarimda sho‘rlikning
Og‘ridi joni.
Donalar jilvasidan
Ko‘zim qamashdi.
Anorning ta’rifiga
So‘zim adashdi.
Yesam ekan ko‘p nordon,
Yuzim burishdi.
Anorning xijolatdan
Donasi tushdi.
Qo‘y, qizarma anorjon,
Sensan beozor.
Nafsni deb bergan ozor
Menman gunohkor.
Vazira G‘OFUROVA,
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi
17-maktabning 10-sinf o‘quvchisi