Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ishonch muhim emasmi?

Azizning tashvishi o‘rinli. Bir xil onalar serial va kinodagi voqealarga duch kelmaslik uchun, bolam to‘g‘ri tarbiya topsin deb tazyiqni kuchaytirib yuboradi. Maktabda istasak-istamasak, sinfdoshlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lamiz, busiz iloji yo‘q. Qolaversa, sinfdosh bolalarimiz ham o‘zimiz tengi, dunyoqarashimiz bir xil, gapimiz gapimizga to‘g‘ri keladi. Bir-birimizni tez tushunamiz. Shunday ekan, nega endi bir sinfda o‘qib turib bir-birimizga ola qarashimiz, xuddi begonadek yurishimiz kerak. Nafaqat sinfdoshlar, balki maktabdosh tengdoshlarimiz bilan ham do‘st bo‘lishga haqqimiz bor. Mayli, 9-10-sinfga borganimizda, qalbimizda boshqacha tuyg‘ular uyg‘onganda onalarimiz ko‘z-quloq bo‘lishsin. Do‘stona maslahat, o‘gitlar berishsin. Ammo shunda ham bizning ko‘nglimiz bilan hisoblashishlari, dilimizdagini bilishlari kerak emasmi?! Men Azizbekning buvisining gapiga to‘liq qo‘shilaman. Mahalla ham katta oila. Agar mahallada ahil bo‘lmasak, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlamasak, unda mahalladoshlikdan ne naf?!

Opam institutning kechki bo‘limida o‘qiganlar. Bir hamqishloq akamiz ham o‘sha institutda o‘qir edi. Dadam: “Maratjon, men qizimni sizga ishonaman. Unga o‘zingiz ko‘z-quloq bo‘ling”, – deb tayinlaganlari esimda. Marat aka bilan opam to‘rt yil o‘qishdan birga qaytishgan. Haligacha ham qadrdon aka-singildek. Uyga kelganlarida albatta, ularni borib ko‘rib keladilar. Buni hatto pochcham ham to‘g‘ri tushunadi. Shunday ekan, Zuhraning oyisi to‘g‘ri ish qilmagan deb o‘ylayman.

 

Oydin AHILBEKOVA,

Toshkent viloyati

Yuqori Chirchiq tumanidagi

32-maktabning 5-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.