Antiqa qoʻziqorinlar
- Koʻk qoʻziqorin: bu yorqin shlyapali ko‘m-ko‘k qo‘ziqorinni ko‘rgan zahoti yeb qo‘ygingiz keladi. Qo‘rqmay yeyavering, taomnomada o‘rni bor. Diametri 7sm. dan 15 sm. gacha. Amerika va Osiyo bozorlarida uni sevib xarid qilishadi.
- Yomgʻir qoʻziqorinlari: aytaylik, o‘rmonda ketayotib bilmasdan qo‘ziqorinni bosib oldingiz... Shu tobda u siz o‘ylagandek “voy jonim”, deb baqirmaydi, oppoq tutun chiqaradi. Yomg‘ir qo‘ziqorin aynan shu xislati bilan mashhur
- Marjon qoʻziqorin: tashqi ko‘rinishi dengiz marjonlariga o‘xshagani uchun ham shunday nomlanadi. Yorqin sariq, qizil va olovrang qo‘ziqorinlarni o‘rmonda uchratish ancha mushkul.
- Qizil panjarali qoʻziqorin: u juda chiroyli va noyob. Biroq iste’mol qilib bo‘lmaydi. Tanasini qizil panjara o‘rab olgandek fantastik qobiqni eslatuvchi bu qo‘ziqorin uzoq umr ko‘radi. Bahordan to kech kuzgacha yashnab turadi.
- Ukpar qoʻziqorin: shakli momoqaymoqni eslatuvchi nihoyatda mitti va yengil qo‘ziqorinni birinchi marta Atlantika o‘rmonlaridan (San-Pauloga yaqin) topishgan. Ukparoyning o‘ziga yarasha bir xislati bor, u qorong‘ida xuddi tun chiroqdek yonib turadi. Juda kichkina (bo‘yi atigi 8mm.) bo‘lgani bois kunduzi uni ko‘rish qiyin. Qo‘ziqorin guruh-guruh bo‘lib o‘sadi. Ayrim guruhlarda qo‘ziqorin soni 30 tagacha etishi mumkin
- Yer yulduzi: yulduzga o‘xshash bu qo‘ziqorinni suratkashlar rasmga olishni yaxshi ko‘radilar. Mazasi achchiq bo‘lganligi sabab ko‘pchilikka yoqmaydi. Asosan Shimoliy Amerikada o‘sadi.
- Bambukli qoʻziqorin: bunday ko‘rkam qo‘ziqorinni deyarli barcha tropik o‘rmonlarda uchratish mumkin. Osiyo oshxonasida juda ishtahabop taom hisoblanadi.
- Karnay qoʻziqorin: tashqi ko‘rinishi karnayni eslatadi. Karnaychalarning vazifasi yomg‘ir yog‘ganda suv tomchilarini to‘plab olib, zarur paytda undan foydalanadi. Bu esa uning yana ham baquvvat bo‘lib o‘sishiga yordam beradi.
- Binafsha rangli qoʻziqorin: Qimmatbaho tosh rangini eslatuvchi qo‘ziqorin go‘zalligi bilan hammani o‘ziga jalb qiladi. Daraxtlar juda zich o‘rmonning nam joyida o‘sadi. Qalpog‘ining aylanasi 7 sm. atrofida bo‘ladi.