Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Adabiyot olami

Badiiyat ajdodlardan bir meros,

Sarkash-u oshufta dillarga malham.

Zulmatni yoritgan nursan betimsol,

Sening asiringman, shubhasiz, men ham.

 

Adabiyot – tengsiz lojuvard samo,

Sohir so‘zlar ichra ming bir jilolar.

Osmoningda minglab Cho‘lponlaring bor,

Bag‘ring to‘la turfa go‘zal dunyolar.

 

Bu dunyoga agar qo‘ysangiz  qadam,

Ortga qaytmoqlikka hech yo‘qdir imkon.

Chunki u o‘zgacha sehrli olam,

Quchog‘iga chorlar har lahza, har on. 

                                      

Mushtariybonu Bahodirova,

Ogahiy nomidagi ijod maktabining

 8-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.