Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Alisher Navoiy

Azal turkiy zabonining sardorisiz, hazratim,

Layli o‘sgan gulbog‘chaning bog‘bonisiz, hazratim.

Izingizdan asta borsam, til dovrug‘in kuylasam,

Shoirlikning men suzmagan ummonisiz, hazratim.

Eng yorug‘ nur kelar moziy tomonlardan,

Ruhim cho‘mar butun Foniy navolarga.

 

She’riyatda, so‘z mulkining sultonisiz, hazratim,

Tafakkurni porlatgan shu’ladirsiz, hazratim.

Ulus dardin she’riyatda kuyladingiz beqiyos,

Adolatga peshvoz chiqqan chin insonsiz, hazratim.

Tashna ko‘ngil sizdan topar ma’no, mahzan,

Olam aro takrorlanmas bunday doston.

 

Mubinaxon AKRAMXONOVA,

Erkin Vohidov ijod maktabi, 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.