Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Navoiyni qo‘lga oling!

Ko‘ngil uyin obod etay desangiz,

Komillik ko‘shkiga yetay desangiz,

Dunyodan insondek o‘tay desangiz,

Navoiyni qo‘lga oling, Navoiyni!

 

She’riyat mulkida beqiyos sulton,

“Xamsa” turkiy bitik, mukammal doston.

Qalb go‘zal, tarbiya bo‘lg‘usi bo‘ston,

Navoiyni qo‘lga oling, Navoiyni!

 

Kitobga do‘st bo‘ldi bola Alisher,

Lutfiyni lol qilgan ikki misra she’r.

“Mantiq ut-tayr”ni “Yodlab oldim”, der,

Navoiyni qo‘lga oling, Navoiyni!

 

Demishlar, kamtar bo‘l, muloyimsuhbat,

Chin orif ilmdan topg‘usi hikmat,

Tavozeli aziz alal-oqibat,

Navoiyni qo‘lga oling, Navoiyni!

 

Nazmiy gulshan aro yaktodir, suyuk,

Turkiy gulistonda benazir, buyuk,

Bitmish, minglab g‘azal, ruboiy, tuyuq,

Navoiyni qo‘lga oling, Navoiyni!

 

Mangu yashar dilda millat dahosi,

El degan qulubning ulug‘ bahosi,

Obod bo‘lsin hazrat dorul baqosi,

Navoiyni qo‘lga oling, Navoiyni!

 

 

Vasila ERMATOVA,

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 7-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.