Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Askar

Arslonning avlodi arslonga xos,

Mardlik, sadoqatdan kiyibsan libos,

Olg‘a bos, olg‘a bos, faqat olg‘a bos,

Hamisha sergagim – mening askarim,

Sen-la osudadir uyim, maskanim.

 

Temurbek maktabin a’lochisi sen,

Mardlikda hech kimsa kelolmagay teng,

Sevganing ona yurt, Vatan, bag‘ri keng,

Kenja botirimsan, mening askarim,

Sen-la osudadir uyim, maskanim.

 

Naqadar jo‘shqinsan, naqadar o‘ktam,

Vatan sarhadida turibsan bardam,

Qalbingda muhabbat lovullar har dam,

Hushyorsan, sen yorsan, mening askarim,

Sen-la osudadir, uyim, maskanim.

 

Har kunimiz bayram, har kunimiz to‘y,

Tinchlik ham har soat cho‘zayotir bo‘y,

Bu sening xizmating, shuni bilib qo‘y,

Seni olqishlayman, mening askarim,

Sen-la osudadir uyim, maskanim.

 

Ashurali BOYMUROD

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.