- Rukn: Sheʼrlar
- 142 marta ko‘rilgan
Bagʻishlov
Ey yurtdoshim, nihol ekib, gulzor yarat,
Gullar ifor taratsin shu bo‘ston uchun.
Ezgu ishga o‘zni chog‘la, belni bog‘la,
Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston uchun!
Ko‘kda bayroqlaring mudom hilpirar hur,
Bobolaring jon bergan shul iymon uchun.
Dilni dilga, qo‘lni qo‘lga mahkam bog‘la,
Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston uchun!
Sen kelajak bunyodkori, sobit qadam.
Yurt chorlasa, saflarida turgin bardam.
Elning kori oliy maqsad erur har dam,
Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston uchun!
Bugun so‘zing ko‘kda parvoz etar erkin,
Shukrona ayt berilgan shu imkon uchun.
O‘zingni top, endi o‘zligingni angla!
Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston uchun!
Yurt sha’nini ko‘tarmoqlik asli sharaf,
Yurt neligin anglagan har inson uchun.
Tetik ruhim, qalbim bilan shunga shayman,
Yangi hayot, Yangi O‘zbekiston uchun!
Quvonchbek SALIMOV,
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani
42-maktab ona tili va adabiyoti
fani o‘qituvchisi