- Rukn: Sheʼrlar
- 134 marta ko‘rilgan
Oʻzni uygʻotish
– Turgin, – onam uyg‘otdi,
– Buncha bo‘lma dangasa.
Doim uxlab qolasan
Biz seni uyg‘otmasak.
Badantarbiya mashqin
Bajargin zavqqa to‘lib,
Quv g‘aflat aravasin
Kuchli, g‘ayratli bo‘lib.
Irodali bo‘l, o‘g‘lim,
O‘z yo‘ling top gurillab.
O‘zim ko‘maklashaman
Soat qulog‘in burab.
Turmaysanmi? Tur tezroq,
Nonushta qil qand-qurs-la.
Qara, alqab yaproqlar
Chalishmoqda qarsaklar.
Quloq tutdingmi yasha,
Yur bu damni e’zozlab.
Borgin ilm koniga,
Seni kutar ustozlar.
Moʻmin AVAZ